1 402
Shota Arveladze: "Masharipov yuqori saviyadagi futbolchi. Uning Saudiyada olayotgan oylik maoshini biz to‘lab bera olmaymiz"
Gruziyalik taniqli mutaxassis Shota Arveladze Angliyaning “Xall Siti” klubini boshqargan holda chempionshipda saqlab qoldi.
Endi bo‘lsa, yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqmoqda. Yurtimizdan ketganidan keyin ham u futbolimizdan yuz o‘girgani yo‘q va kuzatishda davom etyapti. Kuni kecha Shota Yustinovich Sports.uz muxbiriga intervyu berdi.
- Shota Yustinovich Angliyada ham chempionat nihoyasiga yetdi. Ilk bor chempionshipda faoliyat ko‘rsatgan murabbiy sifatida ayting-chi, “Xall Siti”dagi ishingiz orqali qanchalik taassurot oldingiz?
- U yerdan olgan taassurotlarim juda ham yaxshi. Hattoki, men kutganimdan ham ortiq darajada deya olaman. Angliya chempionati haqiqatda juda qiyin va hayratda qoldiradigan darajada.
- Angliyada futbol madaniyati o‘zgacha. U yerda sizni qanday qabul qilishdi? Qolaversa, ingliz chempionatida ishlash juda murakkab. Bularning barini yengib o‘tish siz uchun qanchalik darajada kechdi?
- Meni u yerda nihoyatda iliq kutib olishdi. Umuman, maqtovga sazovor. Shunga yarasha har jihatdan o‘z yordamlarini ayamadilar. Jamoadagilar va xodimlar ham menga ko‘p yordam berishganini aytishim kerak. Menga qulay bo‘lishi uchun ham harakat qilishdi, ayniqsa, murabbiylar shtabidagilar.
- Hozir qayerda xordiq chiqaryapsiz? Umuman, nimalar bilan bandsiz?
- Ayni paytda Gruziya va Turkiya o‘rtasidaman. Bir-ikki kun Tbilisida bo‘lsam, yana bir-ikki kun Istanbuldaman. Hozir transferlar ustida ham ish olib boryapmiz. Aytmoqchimanki, ishimiz juda og‘ir.
- Shota Yustinovich siz bilan “Xall Siti” klubini qabul qilib olishingiz arafasida gaplashganimizda o‘zbek futbolchilari orasidan Jaloliddin Masharipovni taklif qilishingiz mumkinligi haqida aytgandingiz. Lekin siz jamoangizda Turkiya chempionatida o‘ynayotgan boshqa o‘yinchini chaqirdingiz. Xo‘sh, Masharipovni taklif qilasizmi?
- Jalol super futbolchi. Shu bois uni har qanday darajada ham o‘ynay oladi, deb o‘ylayman. Masharipov yuqori saviyali futbolchi. Shunchaki, uning Saudiya Arabistonida olayotgan oylik maoshini biz to‘lab bera olmaymiz.
- Masharipovdan tashqari yana qaysi futbolchilarimizni Angliyada o‘ynay olishlari mumkin, deb o‘ylaysiz?
- Bu borada faqat shuni ayta olamanki, O‘zbekistonda Angliya premer-ligasida o‘ynab ketishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p yaxshi o‘yinchilar bor.
- Yangi mavsum uchun rejalaringiz qanday? Tarkibda qanaqa o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchisiz?
- Ish davom etyapti. Boya aytib o‘tganimdek, transferlar ustida ish olib boryapmiz. Vazifamiz albatta o‘yin sifatini yaxshilash va turnir jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashish.
- Angliya premer-ligasida chempionlik uchun kurash nafaqat oxirgi tur, balki oxirgi soniyalargacha davom etdi. Yakunda “Manchester Siti”ning chempionlikni qo‘lga kiritganiga munosabatingiz qanday bo‘ldi?
- Haqiqatan premer-liga bejizga jahonning eng kuchli ligasi deb hisoblanmaydi. Bu yana bir bor isbotlandi. U yerdagi o‘yinlar butun dunyodagi ishqibozlarni xursand etishda davom etmoqda. “Manchester Siti” munosib ravishda g‘olib bo‘ldi va chempionga aylandi.
- Angliya chempionshipda sizni hammadan ham ko‘ra ko‘proq nima hayratga soldi?
- Talab alqbovar qilmas darajada juda yuqori. Shuning uchun mashg‘ulotlarda juda ko‘p ishlash talab etiladi.
- Darvoqe, sobiq klubingiz – “Paxtakor”ni kuzatyapsizmi? Negadir jamoa o‘ziga o‘xshamayapti. Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ham muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Klub taqdiriga befarq emasmisiz?
- Ha, axir qanday qilib men “Paxtakor”ni kuzatmasligim mumkin? Imkon qadar “Paxtakor” klubini kuzatib boryapman. Doimgidek, bu klubga muxlislik qilyapman. Ushbu jamoada menga juda yaqin insonlar ishlayapti. O‘ylashimcha, tanaffuslar barchaga ishlashga halaqit qilyapti. “Paxtakor” o‘z ishqibozlari kutgandek o‘ynab ketishi uchun ularga biroz vaqt kerak.
- Siz yana qachondir O‘zbekiston chempionatiga qaytishingiz mumkinmi?
- Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Lekin O‘zbekistonda o‘tkazgan yillarimni doimo xursandchilik bilan esga olaman. Kelajakda yana bajonidil bu yerga kelaman.
- Turk futboli bilan ham yaxshi munosabatda ekaningizni bilamiz. Sobiq klubingiz – “Trabzonspor” esa vanihoyat Turkiya chempioniga aylandi. Ularning g‘alabasini qanday qabul qildingiz?
- Albatta, “Trabzonspor” uchun juda ham faxrlandim hamda quvondim. Ular bilan birgalikda xursandchilik qildim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi