22:52 / 01.06.2022
1 531

Turkmaniston U23 bosh murabbiyi: "Bugun kuchliroq jamoa g‘alaba qozondi"

Turkmaniston U23 bosh murabbiyi: "Bugun kuchliroq jamoa g‘alaba qozondi"
U23 Osiyo Kubogi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida raqib jamoa bosh murabbiyi Ahmed Agamuradov ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- Avvalo, bugungi raqibni tabriklayman. Doimgidek, kuchliroq jamoa g‘alaab qozondi. Bugun O‘zbekiston bizga qaraganda kuchliroq edi. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Afsuski, birinchi o‘yinda yutqazdi. Ammo jamoam men bergan ko‘rsatmalarni bajarishga harakat qildi. Shunga qaramay, O‘zbekiston hujumda kuchliroq chiqdi. Standart vaziyatlar ham o‘z so‘zini aytdi. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman.

Kuzatganingizdek, gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik. Bundan juda xursandman
.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkmaniston U23 bosh murabbiyi: "Bugun kuchliroq jamoa g‘alaba qozondi"