U23 Osiyo Kubogi 2-turi doirasidagi Qatar - O‘zbekiston uchrashuvida Kapadze shogirdlari 6:0 hisobida zafar quchdi. Bahsdan so‘ng jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Agressiv o‘yin ko‘rsatishimizga Turkmaniston bilan bahsdan keyingi gap-so‘zlar ham sabab bo‘ldi, deya olaman. O‘zbekiston U23 jamoasi tarqoq o‘yin ko‘rsatdi, deyishdi. Ammo men bu gaplarga umuman qo‘shilmayman. Negaki, bizda jamoaviy o‘yin juda yaxshi shakllangan.
Qolaversa, bugungi uchrashuvda murabbiylarimizning barcha ko‘rsatmalariga amal qilganimiz ham g‘alaba qozonishimiz uchun yordam berdi. "Olimpik" klubi musobaqada yuqori natija qayd etishimiz uchun tashkil etilgan va maqsadga asta-sekin erishyapmiz. Jamoa safiga boshqa jamoalardan ham futbolchilar qo‘shilgan, yoshimiz tengligi uchun moslashib ketish uzoq vaqt olmadi.
Gollarimizni Diyor Rahimqulov xotirasiga bag‘ishladik. Nafaqat ushbu turnir, kelajakda uradigan barcha gollarimni unga bag‘ishlayman. Faoliyatim davomida do‘stimning barcha orzularini amalga oshirishga harakat qilaman.
Final haqida gapirishga erta, lekin yurtdoshlarimizni xursand qilish uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”