00:13 / 05.06.2022
930

Xojimat Erkinov: "Jamoamga foydam tegsa "tank" bo‘lishga ham roziman"

Xojimat Erkinov: "Jamoamga foydam tegsa "tank" bo‘lishga ham roziman"
Bir necha soatlar oldin U-23 Osiyo chempionati ikkinchi turidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi.
Raqib darvozasiga 6ta gol urgan vakillarimiz muhim uch ochkoga ega bo‘ldi. Bu esa keyingi bosqich masalasini hal qilinganini anglatadi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Xojimat Erkinov ham fikrimizga qo‘shilgan holda taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun bitta meni emas, O‘zbekistonning "benefisi" bo‘ldi. Mazkur yutuq bizni qo‘llab - quvvatlagan butun xalqimizniki. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rganimiz o‘z samarasini berdi, deb o‘ylayman", - deydi Xojimat Erkinov.

- Sharhlovchi Davron Fayziyev sizni "tank", deb atadi. Bu qanchalik yoqimli tuyuldi?
- Jamoamga foydam tegsa "tank" bo‘lishga ham roziman.

- Raqib himoyasida bugun erkin va bemalol harakat qildingiz. Qatarni o‘rganish jarayonida ularning mudofaasidagi kamchiliklarni ko‘rganmidingiz?
- Turkmaniston bilan o‘yin tugashi zahoti Qatarni o‘rganishni boshlagan edik. Bellashuvgacha qisqa vaqt qolgani bois faqat raqibning o‘yinini tahlil qildik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xojimat Erkinov: "Jamoamga foydam tegsa "tank" bo‘lishga ham roziman"