08:35 / 05.06.2022
1 106

Ahmad Agamurodov: Uchrashuvga aniq reja ishlab chiqqandik

Ahmad Agamurodov: Uchrashuvga aniq reja ishlab chiqqandik
Osiyo Kubogi 2-turi doirasida Turkmaniston - Eron termalari ishtirokidagi bahsdan keyin turkmanistonliklar bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bugungi uchrashuvga aniq va maqsadli reja tuzgan edik. Futbolchilarim ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. G‘alabadan juda xursandman.

- Hozirgacha ikki uchrashuvda ikkita kuchli terma jamoaga qarshi o‘ynadingiz va bugungi o‘yindan keyin ulardan qay biri kuchli deb o‘ylaysiz?
- Bilasizmi, ushbu musobaqadan oldin guruh bosqichiga qur’a tashlanganda, tanishlarim ushbu musobaqadagi raqiblardan nechta gol o‘tkazib yuborasizlar deb so‘rashgan edi (kuladi). Shukrki, bugun ularni uyaltirdik. Bugun men juda baxtliman. Ikkala raqib nafaqat guruhning balki Osiyo qit’asining grand terma jamoalaridir. Biz bugun ulardan qolishmasligimizni barchaga isbotladik. Ikkala o‘yinni tahlil qiladigan bo‘lsak, ikkalasi ham juda kuchli terma jamoalaridir.

- Futbolchilar qachon, qaysi daqiqadan boshlab g‘alaba qozonishlari mumkinligiga ishona boshlashdi?
- Temur Choriyev (eng yaxshi o‘yinchi): Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida raqibimizni ayrim nozik nuqtalarini ilg‘ay oldik. Shu daqiqalarda raqibimizni yutishimiz mumkin degan ishonch paydo bo‘ldi.

- O‘zingizning bugungi o‘yindagi harakatlaringizni qanday baholaysiz? Bugungi o‘yindagi g‘alaba, sizga va boshqa jamoadoshlaringiz uchun qanday ahamiyat kasb etadi. Muxlislarga aytar gaplar, tilaklaringiz bormi?
- Temur Choriyev (eng yaxshi o‘yinchi): Avvalo, murabbiyimiz menga bugungi uchrashuvda ishonch bildirgani uchun rahmat. Uning ishonchini oqlashga harakat qildim. Bu g‘alaba barchamiz uchun katta ahamiyatga ega. Bu tarixiy g‘alaba biz uchun juda qadrlidir. Muxlislarimiz ham bizni qo‘llab-quvvatlab turishganini bilamiz. Nafaqat yurtimiz balki, shu yerdagi muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlab turganini his qildik.

- Meylis Deyniyev juda yaxshi driblingga, tezlikka ega futbolchi. Uning potensialini boshqalardan yaxshiroq bilasiz va aytingchi, u navbatdagi Artur Gevorkyan bo‘la oladimi?
- Meylis Deyniyev hozirda “Ahal” klubi sharafini himoya qiladi. U jamoasi bilan OCHLda maydonga tushdi. U yetarlicha iqtidor va tajribaga ega. O‘ylaymanki, undan yaxshi futbolchi chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ahmad Agamurodov: Uchrashuvga aniq reja ishlab chiqqandik