818
Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi: "Avstraliyaga qarshi odatdagidek tayyorgarlik olib boramiz"
Bugun soat 18:00 da 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak final bahslariga start beriladi. Dastlabki bahs Avstraliya hamda Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan Turkmaniston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmet Agamuradov qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men rejamiz amalga oshganidan va keyingi bosqichga chiqa olganimizdan xursandman. Bu ajoyib lahzalar edi. Endi maqsadimiz yarim finalga yo‘l olish. Avstraliyaga qarshi odatdagidek tayyorgarlik olib boramiz. Ammo eng muhimi, biz yetarlicha dam olishimiz kerak.
Guruh bosqichidagi 3 o‘yinda biz ko‘p kuch yo‘qotdik. Bu chorak finalda bizga ta’sir o‘tkazmasligini istayman.
Avstraliyaning o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. Ular Osiyo jamoalariga qaraganda boshqacha o‘yin ko‘rsatadi. Bu Yevropa futboliga o‘xshab ketadi. Raqibimiz kuchli pressing va to‘p nazoratidagi ustunlik evaziga o‘yinlarni hal qilishga qodir", - dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...