00:25 / 15.06.2022
1 933

Srechko Katanes: "Katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qila olaman"

Srechko Katanes: "Katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qila olaman"
Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Tailand (2:0) bahsi yakunlandi. O‘yindan keyin o‘tkizilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va o‘yinchi Eldor Shomurodov qatnashishdi.

Srechko Katanetsning o‘yin haqida fikrlari: - Avvalambor barchangizga rahmat aytaman. Shuningdek, futbolchilarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugun yaxshi o‘yin namoyish etdik. To‘g‘ri, oldinga bahslarda ham ishonchli o‘ynaganmiz, biroq bugungi o‘yin eng yaxshisi edi. Uchrashuv davomida kamida 5-6 ta gol urishimiz mumkin edi.

Eldor Shomurodov: Bugun ishlab chiqqan taktikamiz o‘yin davomida amalga oshdi. Tailand qanday o‘yin namoyish etishini yaxshi bilardik. O‘ylashimcha, munosib o‘yin ko‘rsatdik.

- Masharipov zaxiraga olingach, noroziligini namoyish etib, sizga e’tiroz bildirdi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Buni muammo deb hisoblamayman. O‘zimning ham futbolchilik paytimda shunda hissiyotlar boshimdan o‘tgan. Bu normal holat. Men o‘z ishimni bajaryapman. Qolgan o‘yinchilarni ham sinab ko‘rishim kerak. Hech qanday muammo yuzaga kelgani yo‘q.

- O‘zbek klublari terma jamoa murabbiyiga futbolchi yetishtirib berishi kerak. Hozirda kechayotgan bu jarayonni qanday baholaysiz?
- Bu haqda hech qanday fikr bildira olmayman. Barcha murabbiylarni hurmat qilaman. Men faqatgina ularga maslahat bera olishim mumkin, chunki ularning o‘z rejalari bor. Futbolchi klub ixtiyorida bo‘lganida, ularga qo‘shimcha topshiriq berolmayman. Eng yaxshi yo‘l — katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qilolaman.

- O‘zbekiston uchala raqibga qarshi ikki hujumchi bilan o‘ynadi. Bu taktika raqibga qarab tanlandimi yoki doimiy ravishda qo‘llaniladimi?
- Yo‘q, taktika raqibga qarab tanlanadi. Biz bir xil taktikada o‘ynamaymiz. Masalan, kecha o‘yindan oldin rejamda boshqacha ko‘rinish bor edi, biroq ba’zi o‘zgarishlar kiritib, bugungi tarkibni maydonga tushirdim. Men doimiy ravishda o‘zimni so‘roqqa tutaman. Agarda yuqori darajadagi 15 ta o‘ta mohir o‘yinchi bo‘lsa, bir taktikada bemalol o‘ynataverardim va bundan xursand bo‘lardim.

- Eldor Shomurodovning kelajakdagi rejalari qanday?
- Faol qo‘llab-quvvatlashayotgani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Faoliyatimga keladigan bo‘lsam, hozircha hech qayerga ketish niyatim yo‘q.

- Eldor, hujumda qaysi futbolchi bilan yaxshi tandem hosil qilasiz?
- Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Masalan, Amonov biroz orqaroqda harakat qiladi, Sergeyev esa sof hujumchi pozitsiyasida o‘ynaydi. Bu asosan qanday taktika tanlanishga bog‘liq. Menga ikkisi bilan ham o‘ynash qulay.

- Srechko Katanetsning kelgusidagi rejalari qanday?
- Endilikda qolgan o‘yinchilarni ham kuzatamiz. Sentabr va noyabr oylarida FIFA kunlari o‘tkaziladi. O‘ylaymanki, bundan foydalanib, kuchli jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "Katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qila olaman"