O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2023 saralash o‘yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab qit’a birinchiligi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xabaringiz bor, 2023 yilning 16 iyun - 16 iyul oralig‘ida o‘tkaziladi. Faqat hozircha musobaqa qaysi davlatda bo‘lib o‘tishi ma’lum emas. Kecha o‘tkazilgan oxirgi tur o‘yinlaridan so‘ng Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan barcha 24 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Bular - Avstraliya, Yaponiya, Eron, Iroq, Janubiy Koreya, Livan, Falastin, Ummon, Xitoy, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Suriya, O‘ZBЕKISTON, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Qirg‘iziston, Gonkong, Indoneziya.
Shu o‘rinda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savol: Osiyo Kubogiga qur’a qachon tashlanadi va O‘zbekiston qaysi savatchada bo‘ladi?
Ma’lumki, OFK jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich yakunlariga ko‘ra, jamoalarni savatchalarga bo‘lib chiqadi. Bunda JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga yo‘l olgan 12ta jamoa 6tadan birinchi va ikkinchi savatchalarga bo‘linadi. Qolgan 12 jamoa esa oltitadan uchinchi va to‘rtinchi savatchalarga joylashadi.
Shunday bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston JCH saralash bahslarining uchinchi raundiga yo‘l ola bilmagani hamda Osiyo Kubogi saralash o‘yinlarida guruhda birinchi o‘rinni egallagani bois qur’a paytida 3-savatchadan joy oladi. Hozirdanoq savatchalar aniq bo‘lib ulgurgan va qur’a paytida ham o‘zgarmaydi. Osiyo Kubogi qur’asi kelasi yil o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi