09:27 / 19.06.2022
1 336

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi: "Ertaga O‘zbekistonga muxlislik qilaman"

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi: "Ertaga O‘zbekistonga muxlislik qilaman"
Xabaringiz bor yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3-o‘rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Daiki Matsuoka ishtirok etishdi.

- O‘ylashimcha Yaponiya jamoasi bugun turnirdagi o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatdi. Muvaffaqiyatli o‘yin ideal reja asosida ishlangani uchun ro‘y berdimi?
- Yarim finalda mag‘lub bo‘lganimizdan shok holatiga tushib qoldik. Chunki ushbu turnir chempioni bo‘lmoqchi edik. Ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganda shogirdlarimga o‘zlarini qo‘lga olishi kerakligini tushuntirdim. Futbolchilar gaplarimdan yaxshi xulosa chiqarganini ko‘rdim va bundan mamnunman. Bu turnirda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdik va minimum vazifamizni uddaladik.

- Bu yerda 20 kundan beri istiqomat qilyapsiz. Aytingchi bizning yurtimizda sizga nima yoqdi va nima yoqmadi?
- Birinchi o‘rinda shuni aytishim kerak, o‘zbek xalqi juda mehmondo‘st ekan. Men O‘zbekiston futbol assotsiyasiga va barcha tashkilotchilarga rahmat aytib qolaman. Ular bu turnirda hammasi a’lo bo‘lishi uchun juda ko‘p ter to‘kishdi. Albatta sizga (tah. saytimiz muxbiri Uchqun Azimov) bizga shunday ajoyib savollar berib, biz bilan har doim muloqotda bo‘lganingiz uchun rahmat aytaman. Umid qilamanki bu yerga yana boshqa turnirlarda qatnashish uchun qaytamiz.

- Jamoangiz O‘zbekiston bilan o‘ynadi va mag‘lub bo‘ldi. Murabbiy sifatida bu jamoaning kuchi qanchalik ekanligini bilasiz. Sizning fikringizcha ertaga finalda kim g‘alaba qozonadi?
- Tan olaman yarim finalda bizga juda qiyin bo‘ldi. Kim g‘alaba qozonishini bilmayman, ammo O‘zbekistonga muxlislik qilaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiya U-23 bosh murabbiyi: "Ertaga O‘zbekistonga muxlislik qilaman"