20:56 / 20.02.2015
5 767

Vitaliy Denisov “Kim millioner bo‘lishni istaydi” loyihasida 1,5 million rubl yutib oldi

Vitaliy Denisov “Kim millioner bo‘lishni istaydi” loyihasida 1,5 million rubl yutib oldi

Rossiyaning Championat.com sayti tomonidan tashkil qilingan “Kim millioner bo‘lishni istaydi” loyihasida O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi a’zosi Vitaliy Denisov ishtirok etdi.

Televideniedagi ko‘rsatuvdan farqli ravishda savollar 15ta emas, 30ta bo‘ldi. Imtiyozlardan esa “Do‘stimga qo‘ng‘iroq” va “50ga 50” berildi.

Savollarning yarmi futbolga aloqador bo‘lsa, qolgan yarmi turli mavzularda bo‘ldi. Dastlabki 10 savol oddiy, keyingi 10tasi o‘rtacha murakkablikda, so‘nggi 10tasi esa qiyin savollar edi. Birinchi savolning yutug‘i 500 rubldan iborat edi.

Hamyurtimiz rus adiblari haqidagi 6-savolda akasiga qo‘ng‘iroq qilish orqali to‘g‘ri javobni topdi. 20-savolga javob berish orqali hamyurtimiz 1,5 million sohibi bo‘ldi, keyingi savollarga noto‘g‘ri javob berilsa ham bu pul kuymasdi.

23-savolda Rossiya chempionatining 2013/14 mavsumida nechta gol urilgani so‘raldi. To‘g‘ri javob orqali yutuq miqdori 3 million rublga etishi mumkin edi. Ammo Vitaliy variantlar ichida eng past ko‘rsatkich 557ni tanladi, to‘g‘ri javob esa 613ta gol bo‘lib chiqdi. Shu tariqa futbolchi 1,5 million sohibiga aylandi. Bu 24 ming dollardan ko‘proq deganidir.

Bu rasmiy o‘yin bo‘lmaganligi uchun redaksiya qolgan 7ta savolni ham berdi. Denisov ulardan yana 3tasiga noto‘g‘ri javob berdi.

Savol-javoblar bilan UShBU havolada tanishishingiz mumkin.

Manba: www.stadion.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov “Kim millioner bo‘lishni istaydi” loyihasida 1,5 million rubl yutib oldi