“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino kelasi mavsum uchun hujumda Temmi Abraxam bilan yonma-yon o‘ynaydigan hujumchi qidirmoqda. Dastlab, portugaliyalik mutaxassis Eldor Shomurodovni Rimda olib qolib, hamyurtimizga kelasi mavsum imkon berishga qaror qilgan edi.
Shunga qaramay, legionerimizga Turkiya, Italiya va Ispaniya klublaridan qiziqish bo‘layotgani bois, Eldor kelasi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishi noaniq bo‘lib turibdi. Shomurodov uchun eng optimal variant unga muntazam o‘yin amaliyoti taqdim etadigan jamoa bo‘ladi.
Mourino esa, Abraxamga sherik sifatida sobiq shogirdi – Antoni Marsyalni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Fransiyalik hujumchi manchesterliklar uchun kerakmas o‘yinchiga aylangan. O‘tgan mavsum klub rahbariyati uni “Sevilya”ga ijaraga berib yubordi. Yangi bosh murabbiy Erik ten Xag ham Antoniga e’tibor qaratayotgani yo‘q.
Marsyalning imkoniyatlari va salohiyati Mourinoga yaxshi tanish. Joze 2016-2018 yillar davomida manchesterliklarni boshqargan davrda hujumchi asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lgan va bu jamoa “Manchester Yunayted”ning so‘nggi sovrini – Yevropa ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Bir paytlar manchesterliklar 60 million yevro to‘lagan o‘yinchini yozda 16 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga xarid qilish imkoni bor. Rimliklar ayni paytda hujumchining maosh bo‘yicha talabini pasaytirishga intilmoqda.
26 yoshli Antoni Marsyal xuddi Shomurodov singari hujum markazi va har ikki qanotda o‘ynay oladi.
“Roma” o‘yinchisiga yangi klub xaridor
Sportga ixtisoslashgan fichajes.net saytining yozishicha, “Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan yarim himoyachi Gonsalo Vilyarga debyutant klub xaridor bo‘lmoqda.
Rim klubi ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibga kira olmagani uchun uni “Xetafe”ga ijaraga bergan edi. 24 yoshli Gonsalo o‘z yurtida ham o‘zini ko‘rsata olmadi. U La ligada o‘n marta maydonga tushib, bitta assist qayd etdi xolos.
Mourino kelasi mavsum ham Vilyarga imkon bermaydi. Bu vaziyatdan A Seriya debyutanti “Monsa” unumli foydalanib qolmoqchi.
Bundan tashqari, Vilyar “Sevilya” nishonida ham turibdi. Andalusiyaliklar “Latsio” vakili Luis Albertoning transferini uddalay olmasa, uning o‘rniga Gonsalo Vilyarni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Sen ko‘chada qolmaysan!
“Roma” bosh murabbiy Joze Mourinoga ma’qul kelmay qolgan Jordan Veretu katta klublardan taklif olmoqda.
Fransiyalik yarim himoyachiga “Everton”, “Milan” va “ Marsel” ish berishga tayyor. Rimliklarning marselliklar bilan yaxshi “oldi-berdisi” bor.
Lekin Veretuning o‘zi yurtiga qaytishga shoshilmayapti. Futbolchi A Seriyada qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Variantlar orasida “Milan” bor. Milanliklar yaqinda poytaxt klub rahbariyatini ijarada o‘ynagan Alessandro Florensining transferini amalga oshirishga ko‘ndirdi.
Veretu mavsumni 49 ta o‘yin, to‘rtta gol va o‘nta assist bilan yakunladi. Uning transferini 17 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga amalga oshirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi