
Professional boksda ikki vaznda sobiq jahon chempioni (63,5 kg, 66,6 kg) amerikalik Denni Garsiya (36-3, 21KO) 2 yillik tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytmoqda. U bu safar Isroil Madrimov faoliyat olib borayotgan super yarim o‘rta vazn toifasiga (69,8 kg) o‘tadi. Garsiya 30 iyul kuni Show Time kanali orqali efirga uzatiladigan boks oqshomida Xose Benavidesga qarshi jang o‘tkazadi.
Denni Garsiya o‘z davrida 33-0 g‘alabali seriyasi bilan super yengil va yarim o‘rta vazn toifasida kamararni qo‘lga kiritgan. 2017 yilda esa Kit Turmandan birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan. So‘ngi 5 jangidan 2 tasida Shon Porter, Errol Spens kabi nomlarga imkoniyatni boy berdi. Endi u o‘zi uchun yangi vaznda ham chempionlikka harakat qilmoqchi.
Super yarim o‘rta vazn toifasida uning asosiy maqsadi mutlaq jahon chempioni Jermall Cherlo bo‘lsa, unga qarobat qiluvchi Sebastian Fundora, Tim Szyu, Brayan Kastano, Erikson Lubin, Charles Konvell va Isroil Mardimov kabi nomlar mavjud.
Boks SportiDenni GarsiyaIsroil MadrimovJahon ChempioniSuper Yarim O‘rtaYangiliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar