Toshkentning "Paxtakor" jamoasi sardori Dragan Cheranning boshqa chempionatga ketmoqchi ekanligi borasida mish-mishlar tarqalgan edi. Ayniqsa, fors hamkasblarimiz ijtimoiy tarmoqlarda shu qadar ko‘p yozishdi-ki, xatto ko‘plab vatandoshlarimiz bolqonlik hujumchini tez orada "Persapolis"ga o‘tishini taxmin qilishni boshladi. Vaziyatni oydinlashtirish maqsadida "Paxtakor" yetakchisi bilan suhbat qurdik.
Dragan aytingchi, sizni "Persapolis"ga o‘tishingiz borasidagi mish-mishlarga munosabatingiz qanday?
- Hech qayerga ketmoqchi emasman. Jamoamda baxtliman. Shu yerda qolishni istayman. Ochig‘i, har yili shu haqidagi xabarlar paydo bo‘ladi. Ammo yakunda Toshkentda qolaman. Bunga ko‘nikib ham qoldim. Ayniqsa, "Persapolis" muxlislari va eronlik jurnalistlar meni transferim borasida ijtimoiy tarmoqlarda "to‘polon" qilishmoqda. Bu futbolchi uchun yoqimli holat.
Kelajak uchun rejalaringiz qanday? Boshqa mamlakat klublaridan takliflar yetarlicha, deb eshitgan edik?!
- Mana bir necha yildirki, turli takliflar qabul qilaman. Osiyoning deyarli barcha mamlakatidan variantlar bo‘ldi. Biroq "Paxtakor"da o‘zimni yaxshi his qilganim uchun ham hech qayerga ketishni istamadim. Hozir ham qarorimni o‘zgartirganim yo‘q. O‘zbekiston har tomonlama menga ma’qul keldi. Oilam ham yonimda. Inson baxtli bo‘lishi uchun juda ko‘p narsa kerak emas. Borini qadrlashni bilsa kifoya.
"Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev sizni jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lganini. Lekin transfer amalga oshmaganini aytgan edi. Rejangizda "Nasaf"ga qaytish bormi?
- Qarshida men o‘z futbolchilik faoliyatimni yo‘lga qo‘yganman, deb ayta olaman. U yerda meni qayta ishga tushurishgandek bo‘ldi. Futbolchilik kareramda o‘sish ko‘zga tashlandi. O‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi. Shu bois, "Nasaf" doimo mening qalbimda bo‘ladi. "Ajdarlar" eng qiyin vaziyatda qolganimda menga yordam qo‘lini cho‘zdi. Oyoqqa turishimga ko‘mak berdi. Shu bois, bu narsani hech qachon unutmayman.
Balki kelasi mavsumni "Nasaf"da boshlarsiz?
- To‘g‘risi, biror narsa deyish qiyin. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Oldindan biror narsa demoqchi emasman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hozir "Paxtakor" bilan shartnomam bor va "sherlar" sharafini himoya qilaman.
Hozir Maksim Shatskih "Paxtakor" sport direktori sifatida ish boshladi. Nima deb o‘ylaysiz, u superklub tuza oladimi?
- Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Hozir biror narsa deya olmayman.
Mish-mishlarga qaraganda, "Paxtakor" jamoasida moliyaviy muammolar ko‘zga tashlanayotgan ekan. Bu qay darajada haqiqatga yaqin?
- Shaxsan men buni sezganim yo‘q. Futbolchilar ham. Maoshlar o‘z vaqtida berilmoqda. Klubdagi barcha ishlar stabil davom etyapti. Rahbariyat o‘zgargani bilan "Paxtakor" professional klub bo‘lib qolaveradi.
Joriy mavsumda chempionlik uchun kurashda avjida. Qaysi jamoa yakunda Superliga oltin medallariga ega chiqadi, deb o‘ylaysiz?
- Bu haqida biror narsa deyish qiyin. Bir yo‘la bir nechta klubda chempionlik uchun imkoniyat bor. Bilmadim, yakunda ularning qay biri g‘olib chiqadi. Ammo bundan muxlislar yutishi aniq. Davom etayotgan chempionat juda qiziq bo‘lishiga ishonchim komil. Eng muhimi, sog‘lom raqobat bo‘lsa, bundan barcha yutadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi