O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Oston O‘runovga bir vaqtning o‘zida Rossiya premer Ligasining ko‘plab klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi “Metaratings” nashri.
Manbaga ko‘ra, legioner futbolchimizga da’vogarlar “qizil-oqlar” rahbariyati bilan bog‘lanib, ehtimoliy kelishuvni muhokama qilishgan. Qayd etilishicha, “Spartak” futbolchini ijaraga berish haqida o‘ylamayapti, balki qanday bo‘lmasin, uni ertaroq sotish niyatida. Insayd ma’lumotlarga ko‘ra, Ostonning yangi jamoasi yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq, da’vogarlar orasida "Torpedo" favorit ekanligi aytilmoqda.
O‘tgan mavsumni 21 yoshli O‘runov "Ufa" tarkibida ijara asosida o‘tkazdi. Yarim himoyachi Boshqirdiston klubining RPL doirasidagi 17ta o‘yinida qatnashib, hech qanday foydali harakatlari bilan ajralib turmadi.
“Transfermarkt” portali O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini 700 ming yevroga baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi