«Torpedo» Hojimat Erkinov transferini e’lon qildi

«Torpedo» Hojimat Erkinov transferini e’lon qildi
Foto: Torpedo
«Paxtakor» klubi bilan xayrlashgan Hojimat Erkinov faoliyatini Rossiya Premyer-ligasida davom ettiradi.

Moskva klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasining 21 yoshli vingeri bilan 3 yillik shartnoma imzolangan. Transfer summasi haqida ma’lum qilinmagan.

Erkinov hozirgi kunga qadar «Paxtakor», «Qo‘qon-1912» va OKMK klublarida to‘p surgan.

Avvalroq, «Paxtakor» yarimhimoyachisi Superliga 1-davrasidan keyin jamoa bilan xayrlashganini «instagram»dagi sahifasi orqali ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Paxtakor» Sardor Rashidovni Qatar klubiga transfer qilgan, bolgariyalik himoyachisi Kamen Xadjiyev bilan xayrlashgan edi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Borodyuk murabbiyligidagi «Torpedo» klubi o‘tgan mavsum Rossiya quyi ligasi FNLda ishtirok etib, 1-o‘rin bilan Rossiya Premyer-ligasiga yo‘llanma oldi. Moskva klubi «Spartak» a’zosi Oston O‘runovga ham qiziqish bildirmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar