16:10 / 10.07.2022
1 578

Isroil Madrimov oila qurayotganini e’lon qildi

Isroil Madrimov oila qurayotganini e’lon qildi
Isroil Madrimov va Mishel Soro jangi texnik durang bilan tugaganidan xabaringiz bor. Jangdan keyingi intervyusida Madrimov oila qurishi borasida yangilikni aytdi.

- Mazkur ikki jangni WBA tashkiloti ko‘rib chiqib, sizni majburiy da’vogar deb e’lon qilishlariga qanchalik ishonasiz?

- Ha. Agarda bu janglarni ko‘rib chiqib, mening chempionlik uchun so‘ngi qadamim sifatida baholashsa xursand bo‘lgan bo‘lardim. Men har kuni, yillar davomida mashg‘ulotlarga faqat bir maqsadda boraman - jahon chempionlik jangida ishtirok etish. Mening bor fikrim shunga qaratilgan edi.

Ishonamanki, ushbu ikki jang bilan men bunga qanchalik loyiq ekanimni va buni qanchalik xohlashimni isbotladim. Qolaversa, bu jang men uchun muhim edi, chunki ushbu bahsdan so‘ng to‘yim sanasi belgilangan. Aslida birinchi jang natijasi sabab bu kechiktirilgan edi. Keyingi oyda oila quryapman va men to‘ydan oldin chiroyli g‘alaba qozonishni istagan edim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov oila qurayotganini e’lon qildi