
Metaratings nashriga ma’lum bo‘lishicha, Qozonning "Rubin" klubi "Navbahor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatovga qiziqish bildirmoqda.
Ashurmatovga da’vogarlar ro‘yxatida Rossiyaning boshqa klublari ham bor, ammo futbolchi uchun kurashda "Rubin" favorit hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Rustam Ashurmatov O‘zbekiston terma jamoasida 19 ta o‘yin o‘tkazgan. U avvalroq “Bunyodkor”, shuningdek, Koreyaning “Gvanju” va “Kangvon” klublari sharafini ham himoya qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 750 ming yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, "Rubin" o‘tgan mavsum Rossiya premer-ligasida 15-o‘rinni egallagan va quyi divizionga tushib ketgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar