Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi yozgi transfer oynasida braziliyalik Lima Kruzni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Ushbu futbolchining kelishi ko‘plab muxlislarda ikki xil fikr uyg‘otgani rost. Kimlardir uni bor-yo‘qligi bilinmay ketadigan o‘yinchi deb hisoblasa, boshqalar "Nasaf"ning hujum chizig‘ida yangi kuch paydo bo‘lganini taxmin qilmoqda. Xo‘sh, Aslida janubiy amerikalik forvard "ajdarlar"ga yordam bera oladimi? Bugun shu mavzuga atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Tan olish lozim, Lima "Nasaf" futbolchilaridan bir kalla baland ijrochi emas, ammo bu uning boshqalardan kuchsiz ekanini anglatmaydi. E’tiborlisi shundaki, Ro‘ziqul Berdiyev Kruz transferi orqali jamoasining eng ojiz nuqtasini kuchaytirishni uddaladi. "Nasaf" jamoaviy futbolda kuchli bo‘lishiga qaramay, zaxirasida o‘yinning borishini indivudal mahorat evaziga o‘zgartirib yuboradigan futbolchiga ega emasdi. Semir Smaylagich bunga urinib ko‘rdi, ammo uni mahalliy futbolchilardan deyarli farqi yo‘qligi pand berdi. Avvalroq, Kaluderovich ham huddi shunday omadsizlikka uchragani yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Xo‘sh, Mateusning ulardan qanday farqi bor?
Birinchi navbatda uning maydondagi intilektini alohida e’tirof etish lozim. Markaziy hujumchi bo‘lishiga qaramay, Kruz kerakli pallada ortga chekinib ham to‘p tepishi mumkin. Boz ustiga, u ikkinchi qavatda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Shuningdek, korpus yordamida to‘pni o‘zida yaxshi saqlab turishi mumkin. Soddaroq qilib aytsak, Husain Norchayevning maydondagi to‘liq aksi. U Norchayev singari chaqqon ham, pressingda faol ham emas, ammo boshqa ustunliklar orqali yosh raqibi bilan asosiy tarkib uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega. Standartlardagi ustunlik, joy tanlashdagi mahorat va to‘pni o‘zida ushlab turish yordamida o‘yinning borishini o‘zgartirishi mumkin. Katta ehtimol bilan, Norchayev jamoaning asosiy hujumchisi bo‘lib qoladi.
Berdiyev o‘zining 4-3-3 va 3-4-3 sxemalaridan voz kechib, ikkita forvard bilan harakat qilmasligi aniq. Shunday ekan, ikkinchi davradagi o‘yinlarning 60-65 foizida Husain asosiy hujumchi obrazida harakat qilsa, qolgan vaqt davomida Lima o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bahslarida ham ko‘p narsa uning mahoratiga bog‘liq. Agar "Nasaf" o‘yin falsafasini anglab yetsa, Meteus "ajdarlar" uchun Superliga oltin medallari tomon tashlangan eng dadil qadamga aylanishi hech gap emas.
To‘g‘ri, ko‘pchilik futbolchining u qadar sermahsul emasligi, birorta chempionatda 9 dan ortiq gol urmaganini pesh qilmoqda. Bunga ularni haqqi bor. Statistika hech qachon aldamaydi, biroq Limaning hozirgi O‘zbekiston chempionatida yo‘qolib qolishiga ishonish qiyin. Har holda, uning bundan avvalgi klubi "Xapoel Rishon Le Zion" Isroil birinchiligida kurash olib boradi. O‘ylashimcha, hozirgi Superligamiz Isroil chempionatidan saviya borasida oldinda bo‘lmasa kerak. Klublari YECHLda tez-tez ko‘rinish beradigan mamlakat futbolidan kelgan yigit O‘zbekistonda o‘zini nisbatan yengilroq his qilishi haqiqatga yaqin.
Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf"ning so‘nggi 10 yillikda tanlagan legionerlariga e’tibor bersangiz, hech biri katta nom sifatida jamoaga tashrif buyurmaganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Eng qizig‘i shundaki, ma’lum vaqt davomida ular Ro‘ziqul aka qo‘l ostida yangi darajaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan. Artur Gevorkyan va Dragan Cheran singari misollarni juda ko‘p keltirishimiz mumkin. Gap shundaki, o‘zbek futbolida "Berdiyev effekti" degan atamani joriy qilish lozim. Qarshiliklar murabbiyi jamoasi uslubiga mos keladigan futbolchini tanlabgina qolmay, undan maksimum naf chiqarishga urinadi.
Hozirda klub yetakchisiga aylanib borayotgan Marko Stanoyevich ham "ajdarlar" safida o‘zining eng yaxshi mavsumlarini o‘tkazmoqda. Katta ehtimol bilan, Lima ham jamoaga tezda kirishib ketadi. Berdiyev ichki muhitni a’lo darajada ushlab turishga odatlanganini hisobga olsak, moslashuv bilan muammo bo‘lmasligi aniq. To‘g‘ri, "Nasaf" bu futbolchi bilan Superligadagi boshqa raqobatchilaridan oldinlab ketmaydi, ammo o‘z o‘yinini yanada mukammallashtirish imkoniga ega.
Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi