"Paxtakor" ukrainalik himoyachini PFL ro‘yxatidan o‘tkazdi

"Paxtakor" ukrainalik himoyachini PFL ro‘yxatidan o‘tkazdi
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" yana bir legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

"Sherlar" ukrainalik himoyachi Oleksandr Nasonovni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bitim yil oxirigacha mo‘ljallangan. Nasonov poytaxtliklar safiga erkin agent maqomida "Sokol" jamoasidan kelib qo‘shildi.

30 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Granit", "Mariupol", "Arsenal Kiyev" va "Speransa" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar