date
views 2 974

Bosh murabbiy va direktor mushtlashdi (video)

Bosh murabbiy va direktor mushtlashdi (video)
A Seriya vakili “Torino” bosh murabbiyi Ivan Yurich klub direktori Davide Vanyati bilan urushib qoldi. Mojaro jamoaning Avstriyadagi yig‘ini doirasida yuz berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, har ikki mutaxassis o‘zaro qo‘pol gaplashgan va Yuriy direktorni bir necha marta qo‘li bilan turtgan. Vanyati o‘ziga bo‘lgan bu munosabatni ko‘tara olmagan va murabbiyga tashlangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, mojaro transfer masalasida kelib chiqqan.

- Tortishuv bo‘ldi. Bunaqa mojaro yaxshilikka olib kelmaydi. Bosh murabbiy tarkibga yangi o‘yinchilar olib kelishni talab qilyapti. Biz imkon qadar uning talabini qondirishga harakat qilyapmiz. Biz bir birimizga e’tirozlarimizni aytdik, - dedi Davide Vanyati mojaroga izoh berib.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bosh murabbiy va direktor mushtlashdi (video)