date
views 1 430

Ertaga Shatskix "Paxtakor"dagi rasmiy debyutini o‘tkazadi

Ertaga Shatskix "Paxtakor"dagi rasmiy debyutini o‘tkazadi
Superliga ikkinchi davrasini "Paxtakor" Toshkentda "Dinamo"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Ushbu jamoalar chempionatlar tarixida umumiy hisobda 49 ta uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Unda "Paxtakor" 38 g‘alaba, 5 durang va 6 mag‘lubiyatni qayd etgan. "sherlar" raqib darvozasiga 100 to‘p kiritib, o‘z darvozalaridan 24 ta gol o‘tkazib yuborishgan. Toshkentda o‘tkazilgan 24 uchrashuvning 22tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki bor esa Samarqand jamoasi ustun kelgan. O‘zaro o‘yinlarda eng yirik g‘alaba - 6:0. "Paxtakor" foydasiga.

Ta’kidlash kerakki, ertangi bahs Maksim Shatskix uchun "Paxtakor" bosh murabbiyligidagi rasmiy debyut hisoblanadi.

"Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1 avgust, dushanba kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga Shatskix "Paxtakor"dagi rasmiy debyutini o‘tkazadi