"Nasaf" bugungi g‘alabadan so‘ng ikki pog‘ona yuqoriladi (turnir jadvali)

"Nasaf" bugungi g‘alabadan so‘ng ikki pog‘ona yuqoriladi (turnir jadvali)
O‘zbekiston Superligasi 11-turidan qoldirilgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda qarshiliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Ajdarlar"ning o‘yindagi ilk goliga jamoaga yangi qo‘shilgan legioner Alen Masovich mualliflik qilgan bo‘lsa, keyinchalik Husayn Norchayev penaltidan gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shuningdek, Dilshod Saitov va G‘olib G‘aybullayev ham bittadan gol kiritishni uddaladi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng qarshiliklar Superliga turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
"Nasaf" bugungi g‘alabadan so‘ng ikki pog‘ona yuqoriladi (turnir jadvali)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar