“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyatini yarim himoyachi Brayan Kristante bilan hamkorlik shartnomasini uzaytirish kerakligi haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Calciomercato.com sayti.
Italiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha tuo‘ilgan. Kristante Mourino kelganidan keyin jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi. Brayan o‘tgan yili diskvalifikatsiya va jarohat tufayli atigi beshta uchrashuvni o‘tkazib yubordi xolos.
Tayanch zona va himoya markazida o‘ynay oladigan futbolchi “Milan” tabiyalanuvchisi hisoblanadi. “Roma”ga kelgunga qadar “Benfika”, “Palermo”, “Peskara” va “Atalanta” kabi klublar sharafini himoya qilgan.
27 yoshli Kristante faoliyati davomida klublar miqyosida jami 341 ta uchrashuvda qatnashib, 35 ta gol va 19 ta assist muallifi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi