RPL 6-turida “Pari NN” safarda “Ural”ni yengib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘yindagi yagona golni esa Ibrahimhalil Yo‘ldoshev urdi. Bu uning mavsumdagi 6-bahsdagi 2-goli bo‘ldi. Mazkur uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Mixail Galaktionov o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Albatta, g‘alaba eng avvalo psixologik nuqtai nazardan muhim. Oldingi o‘yinlarda sifatli jihatlarga ega bo‘ldik, ammo natija biz kutgandek bo‘lmadi. Bugun esa ustunlik gohida bizda, gohida “Ural”da edi. Vaziyatlarning birida Nikita Goylo (darvozabon) bizni qutqarib qoldi.
Chetlatishdan keyin o‘yin bizning nazoratimizga o‘tdi. Qolaversa, rejadagi almashtirishlar o‘yinimizni kuchaytirdi. Jumladan, Yo‘ldoshev hujumkorlikni kuchaytirib, raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Oqibatda ijobiy natijaga erishdik, bu eng muhimi. Shaxsan men uchun Yekaterinburg – omadli shahar. Bu yerda yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempionatiga chiqqandik va bugun hammasi ko‘ngildagidek bo‘ldi”, deydi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi