18:11 / 25.08.2022
1 817

“Roma”: Belotti kelaver, Shomurodovning o‘rniga boshqasi ketdi!

“Roma”: Belotti kelaver, Shomurodovning o‘rniga boshqasi ketdi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino erkin agent maqomida yurgan Andrea Belottini o‘z jamoasiga taklif qilgan edi.

Italiya terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma tuzish uchun rimliklar o‘z hujumchilaridan birini sotishi talab etilardi. Joze Mourino Belottining Eldor Shomurodov o‘rniga olinishini ma’qulladi.

Garchi legionerimizga Italiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar klublaridan qiziqish bo‘lgani va ulardan ayrimlari aniq takliflar bilan chiqqariga qaramay, Shomurodov transferini amalga oshirish imkoni bo‘lmadi.

Hozircha, hamyurtimiz atrofidagi transfer xabarlari ancha tinchib qoldi.

“Roma” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib, boshqa klublar chorlovini qabul qilmay, Eldorning ketishini kutayotgan edi. Chunki “Roma” moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun tarkibdagi hujumchilardan biridan voz kechishi talab etilardi.

Transfer mavsumi yakunlanishiga bir necha kun qolganida “Roma”dagi vaziyat o‘zgarib, o‘tgan mavsum Mourino kashf qilgan Feliks Afena-Gyan ketadigan bo‘lib qoldi. 19 yoshli hujumchiga “Kremoneze” og‘iz soldi. Kremonezeliklar iste’dodli hujumchi uchun olti million yevro badal va uch million yevro bonus to‘lashga ko‘ndi. Shu tariqa, Feliks Afena-Gyan “Kremoneze” tarixidagi eng qimmat transferga aylanish arafasida turibdi.

Endi Andrea Belotti ham rimliklar bilan hamkorlikni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozircha, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini qiziqtirgan asosiy masala – Eldor Shomurodov transferi mavhumligicha qolmoqda. Hamyurtimiz faoliyatini Italiyada davom ettirish istagini bildirib, chetdan kelgan takliflarni muhokama qilmagani aytilmoqda.

So‘nggi da’vogar sifatida e’tirof etilgan “Bolonya” bir necha hafta muzokara olib borib, deyarli kelishuvga erishgan. Faqat bolonyaliklar “Roma” sport direktori Tyagu Pinto o‘zbek futbolchisining transfer badalini 14 million yevroga baholayotganini qimmat deb hisoblamoqda. Rimliklar esa, o‘tkir hujumchiga ehtiyoj sezayotgan va bosh murabbiy Sinisha Mixaylovich bu vazifani aynan Eldor Shomurodovga topshirishni istayotganini inobatga olib, “Bolonya”ning 10 million yevrolik taklifini qabul qilmay turibdi.

Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Roma” A Seriya, Italiya kubogi va Konferensiyalar ligasida jami 22 ta uchrashuvda qatnashib, bir juft to‘p kiritgan ganalik yosh hujumchi o‘rniga, klublar miqyosida 390 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 158 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 35 ta golli pas uzatgan tajribali to‘purarga ega bo‘lmoqda.

Jozen Mourino ishonch bildirmayotgan Eldor Shomurodov esa faoliyati davomida klublar miqyosida 221 ta o‘yinda o‘z hisobiga 45 ta gol hamda 23 ta assist yozdirib qo‘ygan va o‘ziga imkon berilishini kutmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma”: Belotti kelaver, Shomurodovning o‘rniga boshqasi ketdi!