
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino 2010-2013 yillar davomida “Real”ni boshqargan vaqtida Karim Benzema bilan mojarolashgan va buning oqibatida fransiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisni hurmat qilmay qo‘ygan ekan.
O‘shanda Mourino Benzemani hammaning oldida qattiq tanqid qilgan. Bunga hujumchi yetarli darajada ko‘p gol ura olmagani sabab bo‘lgan.
Mourino Karimga qarab, “Agar men it bilan ovga chiqolmasam, o‘zim bilan mushukchani olib chiqaman”, degan ekan.
- Avval munosabatimiz doim yaxshi bo‘lgan. Lekin uning gapidan keyin hammasi o‘zgardi. Menda bu gap uni juda xursand qilgandek, tasavvur uyg‘ondi. Boshida Mourinoni hurmat qilgan bo‘lsamda, bu tuyg‘u asta-sekin yo‘qolib bordi. Keyin gaplashib oldik.
Men futbolchiman, siz murabbiy. Men sizni hurmat qilaman, siz ham meni hurmat qilishingiz shart, dedim. Va shundan keyin ortiq unaqa gaplar bo‘lmadi. Men kamtar yigitman. Lekin ustimdan kulishsa, aytadiganimni ularning yuziga aytaman. Har doim o‘z qarashini ochiq aytgan yaxshi, - dedi Karim Benzema. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar