Turkiya Superligasi. Otabek Shukurov jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi

Turkiya Superligasi. Otabek Shukurov jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi
Turkiya Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Fotih Karagyumryuk" - "Ankaragyuchu" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Andrea Pirlo qo‘l ostida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi. Vakilimiz o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Ma’lumot uchun, "Karagyumryuk" joriy mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi. Jamoa 3 ochko bilan 12-pog‘onada joylashgan.

"Fatix Karagumruk" — "Ankaragyudjyu" 4:1
Gollar
: Dursun (2), Borini (9, 48), Dian (83-pen) - Baniya.
Fatix Karagyumryuk: Viviano, Dreshevich, Salix Dursun, Rayyan, Janer, Jimmi, Ozdoyev, Shukurov, Kolli, Borini, Diagne.
Ankaragyudjyu: Baxadir, Oguz, Sinan, Muyakich, Marlon, Pepe, Pedrino, Zaxid, Beridze, Xese, Macheda.
Ogohlantirish: Musa (90+2), Shukurov (90+3) - Pepe (45+6), Cheylan (61), Osmanoglu (82).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar