
Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Server Jeparov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bugun o‘yin qiziqarli bo‘ldi, ayniqsa oxirgi daqiqalar. Biz bugun himoyaviy taktika tanladik. Ko‘pchilikka himoyaviy taktika yoqmaydi, ammo futbolda har qanday usulda o‘ynashni bilish kerak. "Nasaf" klubi va Ro‘ziqul Berdiyevning ish uslubi tufayli himoyaviy taktika tanladik hamda bu ish berdi. Bizda gol urish uchun ham vaziyatlarimiz bo‘ldi", - dedi Jeparov.
- Rahbariyat oldingizga aniq vazifa qo‘yildimi?
- Jamoa oldiga har bir o‘yinda g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yildi. Musobaqa jadvalida yuqoriga ko‘tarilishga intilamiz.
- Ikkita taymda ikki xil o‘yin bo‘ldi...
- Doim birinchi taymda kamroq bo‘sh zonalar bo‘ladi, ikkinchi taymda kuchlar kamroq qoladi va bo‘sh zonalar kattalashadi. "Nasaf" kombinatsion o‘yin namoyish etdi. Ammo bunga qarshi tayyor edik.
- Nurmuhammad Toshpo‘latov bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu tavakkal edimi?
- Biz raqib jamoaga tayyorgarlik ko‘rdik, o‘z futbolchilarimizning holatini ham bilamiz. Shu bois uni maydonga tushirdim.
- Jasur Jaloliddinov tajribali futbolchi. Nima uchun almashtirdingiz?
- To‘g‘ri u tajribali, ammo shu bilan birga yosh futbolchi. Bugungi kunga kelib afsuski katta hajmdagi ishni amalga oshirmayapti. Shu bois hujumni kuchaytirish uchun boshqa futbolchini tushirdim", deya qo‘shimcha qildi "temiryo‘lchilar" ustozi.
Server JeparovNasaf LokomotivHimoyaviy TaktikaO'yin QiziqarliMusobaqa JadvaliFutbolchilar Holati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar