“Championat.asia” muxbiri Nikolay Yegorichev “Paxtakor”ning sobiq sport direktori Ja’far Irismetov bilan suhbatlashdi.
- Assalomu alaykum, Ja’far aka. Ayting-chi, hozir qayerdasiz va nima bilan shug‘ullanmoqdasiz?
- Hozir uydaman, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqdaman. Kenja o‘g‘limni shug‘ullantirmoqdaman va mashg‘ulotlarga olib boryapman. Umuman olganda, asosiy vaqtimni oilam bilan o‘tkazmoqdaman.
- “Paxtakor”dan ketganidan keyin qandaydir taklif bo‘ldimi?
- Bir-ikkita takliflar bo‘ldi, lekin bu meni qiziqtirmadi.
- Agar sir bo‘lmasa, qaysi jamoalardan taklif bo‘ldi?
- Jamoa nomlarini aytmayman, anig‘i shuki Pro liga klublari taklif bilan chiqdi.
- Hozirda "Paxtakor"ning Superligadagi ishtirokini kuzatyapsizmi?
- Albatta. Qanday busiz bo‘lishi mumkin.
- Maksim Shatskixning murabbiylik faoliyati haqida nima deya olasiz?
- Hali biror fikr bildirish qiyin. Anig‘i shuki, katta o‘zgarishlar ko‘rganim yo‘q. Garchi kuni kecha "Paxtakor" o‘yin bo‘yicha "Navbahor"dan ustunroq ko‘ringan bo‘lsa-da. Lekin Namangandagi durang ham yomon natija emas. G‘alaba qozonish ham mumkin edi, lekin bu sodir bo‘lmadi. Shatskixga o‘zbek futbolini tushunishi uchun vaqt kerak. Men “Paxtakor”da ish boshlaganimdan, bir yarim yil o‘tib, natijalar yaxshilandi! Biz kuzatdik, odatlandik, yaxshi futbolchilarni oldik... Ammo tan olishimiz kerak. Biz kelgan vaqtdagi jamoa bilan Shatskix qabul qilib olgan “Paxtakor” o‘rtasida farq bor. Bizdan keyin “Paxtakor”da bir nechta terma jamoaning futbolchilari qoldi, Shatskix faqat legionerlarni o‘zgartirdi. Uning ishini taxminan bir yildan so‘ng baholash mumkin.
- Chempionlik uchun kurashda qaysi jamoalar favorit?
- “Paxtakor” baribir chempion bo‘ladi. Tarkib, o‘yin bo‘yicha ham. Mening nazarimda “Paxtakor” hozirda O‘zbekistonning eng kuchli klubi. Buni ko‘pchilik tan oladi. O‘ylaymanki, Maksim bu vazifani uddalaydi. Lekin hozir biroz ehtiyot bo‘lish kerak, buni men aytmasam ham Maksim juda yaxshi biladi.
- Hakamlik haqida qanday fikrdasiz?
- Hakamlik Shatskixga ham ko‘p marotaba gapirilgan. Voyneski ham har zamonda hakamlik borasida gapirib turardi, lekin hech kim bunga e’tibor qilmasdi. Arveladze vaqtida ham xuddi shunday edi. Ha, ayrim insonlar o‘ylaydiki, hakamlar “Paxtakor”ga yordam beradi deb. Lekin biz hakamga e’tibor bermasdan, maydonga tushardik va o‘yinimizni o‘tkazardik. Fikrimcha, hakamlar ikki tarafga bir xil xato qilyapti. Meni xavotirga solayotgan jihat shuki, qizil kartochkalar ko‘payib ketmoqda. Kuni kecha Angliya Premer-ligasi o‘yinini ko‘rdim. U yerda hakamlar futbol o‘ynashga qo‘yib bermoqda. Bizda bir pastda VARni kuzatishadi, monitor oldida 10-12 daqiqani o‘tkazib yuborishmoqda. Boshqa chempionatlarda buni tezroq hal qilishadi.
- "Paxtakor"ning yangi kelgan futbolchilari Banashak, Martinovich, Nasonov haqida qanday fikrdasiz?
- Bu haqda avvalo Maksim Shatskix nimani o‘ylayotgani muhim. Men o‘ylaymanki, ular jamoani tark etganlardan kuchli emas. Lekin men ham Maksimni to‘g‘ri tushunaman. Bizning chempionatga yaxshi legionerlarni olib kelish qiyin. Hamma xorijlik Superligaga kelib o‘ynashga rozi bo‘lavermaydi. Masalan Banashak ko‘rinyaptiki, u harakat qilyapti. Agar, u mavsum oxirigacha o‘nta gol ursa, demak u yomon hujumchi emasligidan dalolat.
Sharkichning jamoadan ketgani g‘alati. Chunki u yaxshi futbolchi edi. Faqat jarohatlar uni qiynab qo‘ydi. U bajaradigan ishni Superligadagi 99 foiz futbolchi bajara olmasdi. Haqiqatan ham ijodkor futbolchi edi.
- Noto‘g‘ri qo‘yib yuborishdimi?
- Ha, shunday. Xudo ko‘rsatmasin, agar Cheran bilan nimadir muammo bo‘lsa, Shatskixda uning o‘rnini bosadigan futbolchi bormi? Fayzullayev yaxshi o‘ynayapti, chapda ham, markazda ham. U ayni vaqtda potensiyali yuqori futbolchilardan biri. Lekin Abbos to‘p uchun kurashda biroz og‘ir. Sobirxo‘jayev ham “ikkinchi qavat”da og‘ir. Cheran darajasida emas. Qolaversa, u boshqacha futbol o‘ynaydi, ko‘proq intellektual. Buni ilgari “Spartak” futbolchisi deyishardi. Agar sen chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsang, Sharkichdek futbolchini qo‘ldan chiqarish kerak emas.
Tarkib keng emas. Xuddi “Nasaf”ga o‘xshab. “Nasaf”ning tarkibi doimo yosh bo‘ladi, shu sababli barqarorlik yetishmaydi. Chempionatda sovrindorlar qatoriga kirish uchun, tarkibda tajribali, yuqori klassdagi futbolchilar bo‘lishi kerak. Ular Namanganda “Navbahor”ga qarshi kechgan o‘yinlarda muhim hisoblanadi. Bu albatta mening fikrim. Maksimga ko‘proq narsa ma’lum.
- O‘zbekistonlik futbolchilarning RPLdagi o‘yinini kuzatayapsizmi?
- "Torpedo" va "Pari NN"ning o‘yinlarini kuzatishga harakat qilyapman. Yo‘ldoshev bizda o‘ynaganda chap qanot himoyasi edi, hozirda u ko‘proq hujumchi sifatida o‘ynamoqja. Biroq u yomon ko‘rinmayapti. Erkinovga kelsak, mening nigohimda “Ximki”ga qarshi o‘yinda bor kuchi bilan o‘ynadi. Garchi jamoasi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, u yaxshi jihatlarini ko‘rsata oldi. Birinchi uchrashuvda jamoadagi yoshi katta futbolchilar unga “dakki” berishdi. Unga bu ruhan ta’sir qildi. Shundan beri u o‘yinni o‘ziga olishga qo‘rqmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, unga moslashishi uchun vaqt kerak. Ammo unga “Torpedo”da qiyin bo‘ladi. Jamoa elitada qolish uchun kurashmoqda, bu oson emas. Unga o‘yin amaliyoti kerak, kelajak haqida keyin o‘ylashi mumkin. Balki u o‘zini “Ximki” yoki “Pari NN”da yaxshi his qilishi mumkin. Agar u kuchli jamoaga o‘tsa, yangi jamoasida raqobat yuqori bo‘ladi. O‘sishi mumkin, buning uchun Erkinovning asosiy tarkibdagi joyi aniq bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»