
A Seriyaning beshinchi turida “Roma” safar uchrashuvida “Udineze” bilan kuch sinashadi. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino raqib o‘yinchilarning ayyorligi hakamga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini aytib o‘tdi.
- “Udineze juda kuchli jamoa. Ligadagi eng murakkab raqiblardan. Bu jamoa qanday o‘ynashni biladi. Ular aqlli va ayyor. Ularda hakamga ta’sir o‘tkazish uchun aqlu-zakovat va katta tajriba bor", - dedi Joze Mourino.
“Udineze” va “Roma” o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
“Roma” chempionatning dastlabki to‘rtta uchrashuvida uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgan. Bugungi o‘yindagi g‘alaba poytaxt jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar