2023 yilning 1-18 mart kunlari O‘zbekiston yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi. Bu 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib, U-20 Osiyo chempionati deyiladi. 10-18 sentabr kunlari Osiyoning 10ta davlatida mana shu musobaqaga saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng biz O‘zbekistonga tashrif buyuradigan 15ta terma jamoa nomini bilib olamiz.
O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionati shunisi bilan muhimki, bunda jahon chempionati yo‘llanmasi o‘ynaladi. Ya’ni, musobaqa davomida yarim finalga yo‘l olgan 4ta jamoa Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo‘l oladi. Jahon chempionati ham kelasi yil 20 may - 11 iyun oralig‘ida o‘tkaziladi.
Saralash qanday o‘tadi?
Ma’lumki, shu yilning 24 may kuni U-20 Osiyo chempionatining saralash o‘yinlariga qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra, jamoalar 10ta guruhga bo‘lingan. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi "A" guruhidan joy olgan bo‘lib, saralashda konkursdan tashqari ishtirok etadi. Ya’ni, biz mezbon hisoblanganimiz bois saralashdagi natijalarimiz hisobga o‘tmaydi.
Shu bois O‘FA U-20 terma jamoamizga tegmasdan saralashda U-19 terma jamoasining qatnashishini lozim topdi. Bu ham yaxshi albatta, chunki bir yosh kichik futbolchilar shu bahona tajriba to‘plab olishadi.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi (bosh murabbiy: Ravshan Haydarov) Urugvayda tashkil etilgan 4ta jamoa o‘rtasida xalqaro turnirda qatnashishni lozim topgan. Bu musobaqada biz Urugvay, Argentina va Braziliya bilan kuch sinashamiz. (Futbolchilarimiz Urugvayga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi). Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan saralashga esa U-19 terma jamoasini Farhod Nishonov olib ketdi.
Demak, aytib o‘tganimizdek, saralash bosqichi 10ta guruhda olib boriladi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruh g‘oliblari hamda eng yaxshi 5ta ikkinchi o‘rin egalari (jami 15 jamoa) U-20 Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanma, Maldiv, O‘zbekiston.
Saralash o‘yinlari mezboni: Saudiya Arabistoni
"B" guruhi: Qatar, Bahrayn, Bangladesh, Nepal, Butan
Saralash o‘yinlari mezboni: Bahrayn
"C" guruhi: Yaponiya, Yaman, Falastin, Laos, Guam.
Saralash o‘yinlari mezboni: Laos
"D" guruhi: Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Suriya, Turkmaniston, Shimoliy Mariana orollari.
Saralash o‘yinlari mezboni: Iordaniya
"E" guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Shri Lanka.
Saralash o‘yinlari mezboni: Mo‘g‘uliston.
"F" guruhi: Indoneziya, Vetnam, Gonkong, Timor-Leste.
Saralash o‘yinlari mezboni: Indoneziya
"G" guruhi: Tailand, Ummon, Filippin, Afg‘oniston.
Saralash o‘yinlari mezboni: Ummon.
"H" guruhi: Iroq, Hindiston, Quvayt.
Saralash o‘yinlari mezboni: hozircha aniq emas
"I" guruhi: Tojikiston, Kambodja, Livan, Singapur.
Saralash o‘yinlari mezboni: Tojikiston
"J" guruhi: BAA, Eron, Qirg‘iziston, Bruney.
Saralash o‘yinlari mezboni: Qirg‘iziston.
Saralash bosqichi barcha guruhlarda 10-18 sentabr oralig‘ida bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Hozircha faqat "H" guruhi o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum emas. Avvaliga mezbon sifatida Iroq tanlangandi, biroq Avstraliya U-20 terma jamoasi siyosiy vaziyat sabab Iroqqa borishdan hamda saralashda qatnashishdan bosh tortdi. Natijada bu guruhda 3ta jamoa qoldi.
O‘zbekiston U-19 qachon kim bilan o‘ynaydi?
Quyida O‘zbekiston U-19 terma jamoasining saralashdagi taqvimini keltirib o‘tamiz.
10 sentabr. O‘zbekiston - Maldiv
12 sentabr. O‘zbekiston - Myanma
14 sentabr. Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston
16 sentabr. Xitoy - O‘zbekiston
Muallif: Xayrulla Xoliqov
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi