UFC olamining eng shov-shuvli turniri sifatida tarixdan joy oladigan, "UFC 279" turniri ayni vaqtda davom etmoqda va prelim kard yakunlanib, asosiy janglarga start berildi.
Asosiy kardning dastlabki jangi yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida bizga yaxshi tanish bo‘lgan, o‘z vaqtida marhum Murod Xonto‘rayev bilan jang qilgan va mag‘lubiyatga uchragan moldovalik "Xalk"Ion Kutselaba braziliyalik Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ushbu jang har ikkisi uchun juda muhim edi. Jumladan, Uoker ketma-ket 2 mag‘lubiyatni qabul qilib olgan, Kutselaba ham so‘ngi jangida Rayan Spenn bilan bahsda omadsizlikka uchragandi.
Mazkur jangda moldovalik jangchi yaxshi boshlagandi. Biroq Uoker uchun bu so‘ngi imkoniyat edi. Katta ehtimol bilan mag‘lubiyatga uchrasa, promoushenni tark etardi. Shuni xis qilgan braziliyalik atlet tashabbusni qo‘lga oldi va "parter"dagi ajoyib harakatlar evaziga 1-raund yakunida "sabmishen" evaziga g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»