date

Janjalkash Gattuzo Qozog‘iston termasini boshqarishi mumkin

Janjalkash Gattuzo Qozog‘iston termasini boshqarishi mumkin

Italiya termasi va “Milan” klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni damda Italiyaning “Piza” jamoasi ustozi Jennaro Gattuzo Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Qozog‘iston futbol federasiyasi italiyalik mutaxassisni mamlakat terma jamoasiga taklif qilmoqchi. Biroq, u avvaliga “Piza” bilan Italiya uchinchi divizioni chempionatini yakunlab olishi talab qilinmoqda. Shundan so‘nggina tomonlar o‘zaro muzokaralarni boshlaydi.

Futbolchilik paytida janjallari bilan mashhur bo‘lgan Gattuzo bir necha kun avval murabbiy sifatida hakam bilan tortishib, nomaqbul so‘zlarni ishlatgani uchun mavsum so‘nggiga qadar diskvalifikasiya qilindi, deb xabar beradi "Darakchi" nashri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Janjalkash Gattuzo Qozog‘iston termasini boshqarishi mumkin