
Foto: Forbes
Yangilangan reytingga 30ta amerikacha futbol klubi, beshta beysbol klubi, yettita basketbol va sakkizta futbol klubi kiritildi. Birorta ham futbol klubi reytingning yuqori o‘ntaligidan joy olmadi. Forbes dunyoning eng qimmat sport klublari reytingini e’lon qildi.
Birorta ham futbol klubi reytingning yuqori o‘ntaligidan joy olmadi. O‘tgan yili uchta futbol klubi («Barselona», «Real» va «Bavariya») yuqori o‘ntalikka kirgandi.
Birinchi o‘rinni o‘tgan yildagi kabi «Dallas Kovboyz» amerikacha futbol klubi egalladi. Forbes uning qiymatini 8 mlrd dollar deb baholadi.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi klublar joylashdi:
«Nyu-Inglend Petriots» (amerikacha futbol) — 6,4 mlrd dollar;
«Los-Anjeles Rems» (amerikacha futbol) — 6,2 mlrd dollar;
«Nyu-York Yankis» (beysbol) — 6 mlrd dollar;
«Nyu-York Jayents» (amerikacha futbol) — 6 mlrd dollar;
«Nyu-York Niks» (basketbol) — 5,8 mlrd dollar;
«Chikago Bearz» (amerikacha futbol) — 5,8 mlrd dollar;
«Golden Steyt Uorriorz» (basketbol) — 5,6 mlrd dollar;
«Vashington Kommanders» (amerikacha futbol) — 5,6 mlrd dollar;
«Los-Anjeles Leykers» (basketbol) — 5,5 mlrd dollar.
Yangilangan reytingga 30ta amerikacha futbol klubi, beshta beysbol klubi, yettita basketbol va sakkizta futbol klubi kiritildi.
Madridning «Real» klubi 5,5 mlrd dollar bilan 13-o‘ringa joylashdi. «Barselona» 15-o‘rin (5 mlrd dollar), «Manchester Yunayted» 19-o‘rin (4,6 mlrd dollar), «Liverpul» 22-o‘rin (4,45 mlrd dollar), «Bavariya» 23-o‘rin (4,28 mlrd dollar), «Manchester Siti» 24-o‘rin (4,25 mlrd dollar), PSJ 49-o‘rin (3,2 mlrd dollar) va «Chelsi» 50-o‘rindan (3,1 mlrd dollar) joy oldi.
Dunyoning Eng QimmatSport KlublariAmerikacha FutbolReyting YangilandiForbes E’lon QildiFutbol Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar