22:57 / 16.09.2022
1 395

Shuhrat Toshpo‘latov: "Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi"

Shuhrat Toshpo‘latov: "Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi"
Coca-Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Biz uchun endilikda har bir o‘yin finalga teng. Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi.

O‘yinda biz ko‘proq to‘p nazoratiga e’tibor qaratgan xolda raqibning qarshi hujumlariga tayyor turishimiz kerak edi. Birinchi bo‘limda hammasi reja asosida ketdi. Ikkinchi bo‘limda bir oz xotirjamlikka berildi va bundan qo‘qonliklar unumli foydalanib gol urishdi. Yigitlarga rahmat, futbol hakam hushtagi chalinguniga qadar davom etadi. So‘ngi daqiqalarda xarakter ko‘rsatib g‘alabaga erishdik.

- Legionerlar imkoniyatidan samarali foydalanilmayotgandek. Bugun ham braziliyalik futbolchi o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganidan maydonga tushirildi. Buning sababi nimada?
- Vaziyatdan kelib chiqib zaxiralarni amalga oshirayapmiz. Bugun ham so‘ngi daqiqalarda legioner hujumchini maydonga tushirdik. Samarasini berdi, birinchi to‘pga aynan u ega chiqib xavfli vaziyat yaratdi. Xusniddin Aliqulov esa jamoamiz uchun foydali bo‘lgan muhim golni urdi.

- Oybek Bozorov, Xusain Norchayev, Akmal Mozgavoylar avvalgi darajasida o‘ynay olmayotgandek. Buni qanday izohlaysiz?
- Bu futbolchilar asosiy tarkib a’zolari sanaladi. Ular har bir o‘yinda maydonga tushib 90 daqiqa o‘ynab kelishmoqda. Balki charchoq alomatlari bo‘lishi mumkin, ammo biz ularning o‘yinidan qoniqish hosil qilpyapmiz.

- Xalqaro maydonda o‘ynaydigan yetakchi klub turnir jadvalida quyi o‘rinlarda borayotgan jamoa bilan so‘ngi daqiqalarda yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib gol urib, qiyin g‘alabaga erishdi. Bu bir oz ajablanarli emasmi?
- "Qo‘qon-1912" so‘ngi 7 turdan buyon yutqazmay kelayotgandi. Himoyada kuchli turadi, yorib o‘tish oson emas. Keyin shuni ham unutmaslik kerak, "Nasaf" bilan o‘yinga barcha jamoalar juda qattiq tayyorgarlik ko‘radi.

- "Nasaf" yetakchilari jamoani tark etsa ham chiroyli o‘yin namoyish etardi. Bu yilgi mavsumda natija uchun o‘ynayotgandek ko‘rinmoqda...
- Natija ham kerak. Lekin chiroyli futbol namoyish etayapmiz deb o‘ylayman. Avvalgi o‘yinlarda ham, bugun ham chiroyli futbol ko‘rsatdik. Qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat.

- Braziliyalik Lima Kruzni Norchayev bilan rotatsiya qilish mumkinmi?
- Hozir bizga natija kerak. Tavakkal qilishning vaqti emas. Fursati bilan tarkibga jalb etilgan barchaga imkoniyat beramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Toshpo‘latov: "Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi"