"Lokomotiv" bosh murabbiyi Server Jeparov Coca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nima ham deyish mumkin? Albatta alamli mag‘lubiyat. Futbolchilar chiroyli futbol ko‘rsatishga harakat qilishdi. Lekin ayrim vaziyatlar borki, futbol o‘ynashga to‘sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari hayajon, sarosima. Futbol o‘ynashga qo‘yib berish kerak. Shundagina muxlislar futbol uchrashuvlariga keladi. Mehri oshadi. Futbolchilarda intilish bo‘ladi", - deydi Server Jeparov.
- "Lokomotiv"ning Superligada qolish imkoniyati va turnir jadvali borasida nima deya olasiz?
- Bu futbol. Futbol intrigasiz bo‘lmaydi. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.
- "Surxon" o‘z tarixida ilk bor "Lokomotiv"ni yutdi. Raqib haqida fikringiz qanday?
- Raqib haqida hech narsa demagan bo‘lardim. Faqat klubga kelgan ayrim shaxslar natijani hal qilib qo‘yishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi