
Yig‘in doirasida Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi hamda Afrikaning nomdor termalaridan biri bo‘lgan Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.
Mazkur bahsda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Dastlab, 24-daqiqada Hojimat Erkinov Shomurodovning ajoyib uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 76-daqiqada Oston O‘runov Odil Hamrobekovning pasidan so‘ng farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Katanes shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv 27 sentyabr sanasiga rejalashtirilgan.
O‘ZBЕKISTON - KAMЕRUN - 2:0
Gollar: Hojimat Erkinov 24, - 1:0 (Eldor Shomurodov). Oston O‘runov 77, - 2:0 (Odil Hamrobekov).
O‘zbekiston: 12. O‘tkir Yusupov, 5. Rustam Ashurmatov (18.Abdulla Abdullayev, 66), 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov, 4. Farrux Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 3. Hojiakbar Alijonov, 22. Oybek Bozorov (10.Shahboz Umarov, 59), 14. Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 87), 8. Hojimat Erkinov (11.Oston O‘runov, 59).
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 2.Islom Qobilov, 6.Ibrohimhalil Yuldashev, 13.Sherzod Nasrullayev, 17.Sardor Sobirxo‘jayev, 19.Aziz Turg‘unboyev, 20.Akmal Mozgovoy.
Bosh murabbiy: Srechko Katanes (Sloveniya).
Kamerun: 23.Andre Andre Onana, 3.Nikolya Nkulu, 21.Jan Sharl Kastelletto (4.Kristofer Vux, 46), 25.Enso Ebosse, 8.Olive Ncham (26.Jan Emil Onana, 74), 11.Nuxu Tolo, 14.Jorj Mandjek (15.Malong Kunde, 63), 19.Kollins Ngoran Fai, 6.Moumi Bris Ngamaleu (7.Mbida Nkudu, 74), 10.Vensan Abubakar (13.Jan Per Nsame, 74), 22.Brayan Mbeumo.
Zaxira: 1.Simon Ngapandouyetnbu, 2.Yongva Darlin, 5.Omar Gonsales, 9.Kana Tavamba, 16.Mboka Epassi, 17.Mbaizo Mbaissidara, 18.Martin Xongla, 20.Oum Jout Samuel, 24.Gael Bella Ondua.
Bosh murabbiy: Rigober Song (Kamerun).
Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov 53, Srechko Katanes 54, Jorj Mandjek 62, Kristofer Vux 82, Oston O‘runov 87, Farruh Sayfiyev 90+3.
O‘zbekistonKamerunJahon ChempionatiO‘rtoqlik O‘yiniHojimat ErkinovOston O‘runov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar