Italiya chempionatida “Roma”ning asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Napoli”ning transfer siyosati Eldor Shomurodovni ortiqcha bosimdan xalos qilishi mumkin.
Gap shundaki, Joze Mourino hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov o‘rniga “Budyo-Glimt” forvardi Ola Solbakkenni ko‘rmoqchi. Norvegiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Konferensiyalar ligasida “Roma”ga qarshi o‘yinda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan va gol urib, portugaliyalik mutaxassis nazariga tushgandi.
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto anchadan beri Solbakken agentlari bilan aloqani ushlab turibdi. Biroq, hujumchi uchun kurashda rimliklarga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. “Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub rahbariyatidan Solbakkenni Neapolga olib kelishni so‘ragan.
CalcioNapoli24.it saytining ma’lum qilishicha, neapolliklar norvegiyalik hujumchini olishga jiddiy qaror qilgan va ular oktabr oyi davomida futbolchining agentlari bilan muzokara qilib, forvardni o‘zlariga og‘dirib olmoqchi.
Avvalroq, “Roma” mutasaddilari Ola Solbakkenga joy ochish uchun yanvarda Eldor Shomurodovni ijaraga berib yuborishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Aslida yozgi transferlar vaqtida ham Rim klubi mutasaddilari Eldor Shomurodovni jamoadan ketkazib, o‘rniga erkin agent maqomida yurgan italiyalik to‘purar Andrea Belottini olib kelishga urindi. Shomurodovga xaridor bo‘lgan klublar poytaxtliklar bilan kelisha olmagani bois, Belotti “bo‘rilar” safida o‘ziga joy ochilishini uzoq kutdi.
Nihoyat, 19 yoshli hujumchi Feliks Afena-Gyan A Seriyaning boshqa klubi – “Kremoneze”ga olti million yevro evaziga sotib yuborilgani Andrea Belottining kelishiga yo‘l ochdi. Eldor Shomurodov esa Rimda qolish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Endi “Napoli” rahbariyati bo‘lajak muzokaralarda Ola Solbakkenni jamoa safiga qo‘shilishga ko‘ndira olsa, Eldor Shomurodovda qaysar Joze Mourinoning ishonchini qaytarish uchun mavsum oxirigacha imkoniyat bo‘ladi.
Aslida Eldor Shomurodovning jismoniy tayyorligi, o‘yindagi faolligi va jamoaga keltirayotgan foydasi “Roma”ning nomdor hujumchilaridan aslo kam emas. Hamyurtimiz A Seriya va Yevropa Ligasida atigi uch ta uchrashuvda qisqa fursat – jami atigi 47 daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa-da, Bolgariyada “Ludogores” darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zi maydonga tushgan uchrashuvlarda jamoasi o‘yinini kuchaytira oldi.
Lekin Joze Mourino o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmas ekan Eldor Shomurodov harchand urinmasin mavsum oxirigacha zaxira hujumchisi sifatida bir necha daqiqalik o‘yin bilan kifoyalanishiga to‘g‘ri kelaveradi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov professional futbolchilik faoliyati davomida “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov”, “Jenoa” va “Roma” jamoalari safida klublar miqyosida 224 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 46 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli uzatma oshirgan.
Mahoratli hujumchimiz o‘zi o‘ynagan barcha turnirlar – O‘zbekiston, Rossiya, Italiya chempionatlari, Rossiya va Italiya kuboklari, Osiyo Chempionlar ligasi, UYEFA Konferensiyalar ligasi va Yevropa Ligasi kabi xalqaro musobaqalarda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishni uddalagan.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 57 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga oltita golli pas uzatgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»