
“Roma” himoyachisi Leonardo Spinatssola jamoa bosh murabbiy Joze Mourino bilan o‘zaro munosabati haqida gapirdi.
- Joze Mourino nima desa, biz uning aytganlarini hammasini bajaramiz. Biz u uchun urushga borishga ham tayyormiz. Hammasi juda oddiy. Bu borada uning o‘ziga xos jihati bor. U nima desa, amalga oshmoqda.
Mashg‘ulotlarda Mourino juda xotirjam va bosiq. Murabbiy sifatida barcha harakatlarimizni tahlil qilishni yaxshi ko‘radi. Joze ayrim narsalarga alohida e’tibor bilan yondashadi, - dedi Leonardo Spinatssola.
Spinatssola Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgan. Qit’a chempionatida og‘ir jarohat olib, uzoq muddat davolandi. Keyinchalik ichki raqobatda o‘zini ko‘rsatib, “Roma” asosiy tarkibidan joy oldi.
RomaLeonardo SpinatssolaJoze MourinoFutbolUrushga TayyorItaliya Terma Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar