O‘zbekiston professional boks federatsiyasining xabariga ko‘ra, professional boksning birinchi yarim yengil vaznda WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini filippinlik Marlon Tapalesga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) Ahmadaliyev-Tapales jangini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Unda keltirilishicha, har ikkala bokschi jamoasi ushbu uchrashuv masalasida 25 oktabrgacha yakuniy qarorga kelishi lozim.
Tomonlarning muzokarasi ijobiy yechim topmagan taqdirda mazkur jangni tashkil etish huquqi ochiq auksionda hal etiladi.
Filippinlik bokschi o‘z vaqtida IBF chempionlik kamari sohibi bo‘lgan. Professional ringdagi faoliyati mobaynida 36 ta jang o‘tkazib, 3 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Hozirda u ushbu yo‘nalishda chempionlikka majburiy da’vogar sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev joriy yil iyun oyidagi so‘nggi jangida amerikalik Ronni Riosni muddatidan oldin mag‘lub etib, chempionlik kamarlarini himoya qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»