22:40 / 30.09.2022
2 494

Jahon chempioni Roberto Karlos o‘zbek futbolchisiga murojaat yo‘lladi

Jahon chempioni Roberto Karlos o‘zbek futbolchisiga murojaat yo‘lladi
Mashhur braziliyalik futbolchi Roberto Karlos o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runovni to‘yi bilan tabriklab, videomurojaat yubordi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Roberto Kalosning tabrigini ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga joylab, unga minnatdorlik bildirdi.

Roberto Karlos zamonamizning eng zo‘r futbolchilaridan hisoblanadi. Chap qanot himoyachisi professional futbolchilik faoliyatining dastlabki yillari “Atletiko Mineyro” va “Palmeyras”da o‘tkazadi. “Palmeyras” bilan ikki marotaba Braziliya chempioni bo‘ladi.

1995 yili Yevropaga – “Inter” jamoasiga ko‘chib o‘tadi.

Bir yildan so‘ng “Real”ga transfer qilingan Roberto Karlos faoliyatining yulduzli onlarini aynan “Qirollik klubi”da o‘tkazadi. Madridliklar safida to‘rt karra Ispaniya chempioni, uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi, bir marta UYEFA Superkubogi sohibi bo‘ladi va qator xalqaro musobaqalarda zafar quchadi.

Roberto Karlos Braziliya terma jamoasi safida 1998 yili kumush medal sohibi bo‘lgan. To‘rt yildan keyin mundial g‘olibi sifatida jahon kubogiga sazovor bo‘lgan. Ikki bor Amerika kubogi va bir marta Konfederatsiyalar kubogida muvaffaqiyat qozondi.

Roberto Karlos faoliyati davomida klublar miqyosida “Fenerbahche”, “Korintians”, “Anji”, “Dehli Dinamos” jamoalarida ham to‘p tepgan.

Kuchli zarbalari va to‘purarlik qobiliyati bilash mashhur bo‘lgan braziliyalik himoyachi Mahachqal’a klubida hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan birga o‘ynagan.

Futbol tarixida chuqur iz qoldirgan yulduz faoliyati davomida klublar miqyosida 756 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqiblar darvozasiga 97 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlarining 124 ta goliga hammualliflik qilgan.

Braziliya terma jamoasi uchun 127 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga o‘n bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Oston O‘runov bu mavsumdan e’tiboran Rossiya premer-ligasi vakili “Ural” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Universal futbolchimiz yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Janubiy Koreyada tashkillashtirilgan yig‘inida qatnashdi. 21 yoshli futbolchi Kamerun terma jamoasi bilan bo‘lgan xalqaro o‘rtoqlik bellashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Biroq, O‘runov terma jamoa yig‘inida oxirigacha qatnashmay, to‘y tadbirlari munosabati bilan Toshkentga qaytib keldi.

O‘runov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Superligasida professional darajada “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari sharafini himoya qilgan.

2020 yilning boshida Rossiya premer-ligasiga yo‘l olgan yarim himoyachimiz “Ufa” va “Spartak" jamoalarida o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempioni Roberto Karlos o‘zbek futbolchisiga murojaat yo‘lladi