
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati chorak finalida Italiyaga qarshi maydonga tushdi.
O‘zbekiston vakillari Italiya ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 4-daqiqasida Haydarali Tursunboyev hisobni ochdi. 19-daqiqada Qudrat Xudoyqulov jarima zarbasini golga aylantirdi. 22-daqiqada Azizjon Azimov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yiriklashtirdi. 26+1-daqiqada esa Umidjon Abduhalimov ham penaltidan unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘limda Ulug‘bek Toshpo‘latov ham gol muallifiga aylandi. 46-daqiqada italyanlar hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Chorak finaldagi Marokash – Turkiya bahsi g‘olibi yarim finalda O‘zbekiston bilan to‘qnash keladi.
Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqqan edi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan.
Amputantlar o‘rtasida Jahon Chempionati
Chorak final
O‘zbekiston – Italiya 5:1
Gollar: 1:0 — 4 Haydarali Tursunboev, 2:0 — 19 Qudrat Xudoyqulov, 3:0 — 22 Azizjon Azimov (penalti), 4:0 — 26+1 Umidjon Abduhalimov (penalti), 5:0 — 45 Ulug‘bek Toshpo‘latov, 5:1 — 46 Vinchenso di Fazio. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar