
Corriere dello Sport nashri “Roma” hujumchisi Temmi Abraxam boshidan qiyin kunlarni o‘tkazayotanini yozmoqda.
Angliyalik hujumchi Rim klubidagi debyut mavsumida 27 ta to‘p kiritib, “bo‘rilar”ning asosiy hujumchisiga aylangandi. Lekin yozda Joze Mourino o‘z jamoasiga Paulo Dibala va Andrea Belottini qo‘shib olganidan keyin Abraxamning sermahsulligi tushib ketdi.
Ayni paytda Temmi Abraxamni Angliyaga qaytarmoqchi bo‘layotgan jamoalar bor. Temmining o‘zi bunga munosabat bildirib, kelajak haqida biron nima deb bo‘lmasligini ta’kidladi.
- Hozir men “Roma”da o‘tgan mavsumdagi sermahsulligimni qaytarish uchun qo‘limdan kelganini qilyapman. Hozir Rimda o‘zimni baxtiyor his qilyapman, lekin kelajakda nimalar kutib turganini bilmayman, - dedi Temmi Abraxam.
Temmi AbraxamRoma HujumchisiJoze MourinoPaulo DibalaAndrea BelottiAngliya Jamoalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar