19:55 / 09.10.2022
961

Superliga. «Paxtakor» «Surxon»ni mag‘lub etolmadi

Superliga. «Paxtakor» «Surxon»ni mag‘lub etolmadi
Foto: «Paxtakor»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turida «Surxon» va «Paxtakor» jamoalari 9 oktabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq termizliklar penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasidan Ruben Sanches muvaffaqiyatli foydalandi. Bunga poytaxt klubi 31-daqiqada Abbos Fayzullayevning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida bir qator golga tortadigan imkoniyatlar bo‘ldi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.

«Paxtakor» 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda va peshqadam «Nasaf»dan (41) ikki ochko ortda qolgan. «Surxon» ochkolarini 20 taga yetkazib, 12-pog‘onani band etib turibdi.

«Surxon» — «Paxtakor» 1:1
Gollar:
1:0 – 2, penalti Sanches, 1:1 – 31 Fayzullayev.

«Surxon»: 13. Aziz Isoqov, 3. Bobur Akbarov, 5. Serxio Rodriges, 7. Islom Toshpo‘latov, 10. Murod Bobojonov (23. Abdul Aziz Yusupov, 87), 11. Luis Migel (4. Javohir Sohibov, 66), 14. Ruben Sanches, 19. Nuriddin Hasanov (20. Iqbol Malikjonov, 59), 26. Ulug‘bek Abdullayev (33. Tohir Shamsiddinov, 59), 66. Behruz Shaydulov, 99. Kamron Saydazimov (6. Jahongir Ahmadov, 87).

«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov, 5. Oleksandr Nasonov, 7. Odil Hamrobekov, 10. Dragan Cheran (8. Aziz Turg‘unboyev, 72), 17. Doston Hamdamov (63. Muhammadali O‘rinboyev, 46), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farrux Sayfiyev, 42. Abbos Fayzullayev, 46. Shaxriyor Jabborov, 77. Doston Tursunov, 88. Shaxzod Azmiddinov.

Ogohlantirishlar: Shaydulov (68), Azmiddinov (90+3).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Paxtakor» «Surxon»ni mag‘lub etolmadi