1 152
Davlat Bobonov: «Prezidentimiz finalni tomosha qilib turganda, yutqazishga haqqim yo‘q edi»
Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida -90 kg vazn toifasida ilk marta jahon chempioni bo‘lgan Davlat Bobonov finaldan keyin prezidentning hal qiluvchi bellashuvga kelgani va chempionlikka erishgani haqida gapirdi.
«Jahon chempionati – hech qachon shunchaki o‘tmaydigan, qiyin musobaqa. Xudoga shukur, bugun oltin medalni yutib oldim. Finalgacha bo‘lgan bahslarga juda katta tayyorgarlik ko‘rgan edik. Finalga chiqqanimdan keyin hurmatli bosh vazirimiz kelib, shaxsan hurmatli prezidentimiz finalni tomosha qilish uchun kelishlarini aytdilar. Bu sportchi uchun juda ham katta motivatsiya. Buni eshitib, finalga chiqdim. Prezidentimiz tomosha qilib turganda yutqazishga haqqim yo‘q edi», - deydi jahon chempioni Davlat Bobonov.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 11, 2022
Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi sanalmish Bobonov bugungi kurashlarda dastlab slovakiyalik Peter Zilkadan ustun kelgan bo‘lsa, so‘ng janubiy koreyalik Jeu Op Xanni ippon evaziga mag‘lub etdi. Chorakfinalda esa bolgariyalik Ivaylo Ivanov ham ippon bahosi bilan taslim etildi. Murosasiz o‘tgan yarimfinal bahsida esa gruziyalik Lasha Bekauridan ustun kelgan o‘zbekistonlik dzyudochi finalga chiqib, Kristian Parlatini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli sportchi Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 2021 yilda esa Budapeshtda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medali, Bishkekdagi Osiyo chempionatida esa oltin medalga ega chiqqandi.
Davlat Bobonov1, Dzyudo1, Jahon chempionati1, Oltin medal1, Kristian Parlati1, Shavkat Mirziyoyev1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi