date
views 1 206

Muzaffar To‘raboyev: Madhiyamiz yangragan vaqt O‘zbekiston farzandi ekanligimdan g‘ururlandim

Muzaffar To‘raboyev: Madhiyamiz yangragan vaqt O‘zbekiston farzandi ekanligimdan g‘ururlandim
Xabaringiz bor, 6-13 oktabr kunlari Toshkent shahri dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Muzaffar To‘raboyev Sportni rivojlantirish vazirligiga intervyu berdi.

Aynan bugungi kun men uchun unutilmas kun bo‘ldi. 35 mln aholi orasidan mana shu Jahon chempionatida ishtirok etib, oltin medalini qo‘lga kiritishdek katta baxt menga nasib etdi. Men uchun tarix takrorlandi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, bundan 23 yil oldin yurtimizda ilk bora kurash bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida otam oltin medal sohibi bo‘lgan. Bugun esa men ham Vatanimizda ilk bora dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida oltin medal sovrindori bo‘ldim.

Hozirgi hissiyotlarim ta’riflab bo‘lmas darajada. Ota-onam orzusini amalga oshirganimdan hamda Prezidentimiz, murabbiylarim, xalqimiz bildirgan ishonchlarini oqlab yuzim yorug‘ bo‘lganidan juda xursandman.

Aytishim lozimki, raqiblarim barchasi kuchli sportchilar edi. Lekin, hamyurtlarimiz motivatsiya berib, qo‘llab-quvvatlab turgani uchun men g‘alaba qozondim.

Muhtaram prezidentimiz yutug‘imni eshitib, tabrik yo‘lladilar. Bundan juda ham mamnun bo‘ldim. Shu o‘rinda, yurtboshimizga biz sportchilarga berayotgan e’tibori, yaratib berayotgan shart-sharoitlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Keyingi nufuzli musobaqalarda ham O‘zbekistonimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarishga va’da beraman. Kelgusida rejalarimiz bisyor. Shulardan biri, Parij-2024 Olimpiadasida ham munosib ishtirok etib, vatanimizga oltin medallar bilan qaytish
”, — dedi sportchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muzaffar To‘raboyev: Madhiyamiz yangragan vaqt O‘zbekiston farzandi ekanligimdan g‘ururlandim