
O‘zbekiston Coca-cola kubogi yarim finalida "Nasaf" AGMK ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va finalga yo‘llanma oldi.
Shunday qilib, "Nasaf" o‘z tarixida sakkizinchi (2003, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2021 va 2022 yillar) marta O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma oldi. Bunga qadar "Nasaf" yetti marta finalda o‘ynagan.
Shulardan ikkitasida "Nasaf" g‘alaba qozongan (2015 va 2021 yillar), beshta uchrashuvda (2003, 2011, 2012, 2013 va 2016) esa mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Coca-cola kubogining final uchrashuvi 30 oktabr kuni Buxoroda o‘tkaziladi. Ikkinchi finalchi nomi "Navbahor" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.
NasafO‘zbekiston KubogiBuxoroda FinalCoca-cola KubogiYilG‘alaba Qozongan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar