1 922
Shonli o‘tmishni qaytargan “Navbahor”, xayoli boshqa joydagi “Nasaf”, bo‘yidan baland sakragan AGMK va barchani o‘ziga qaratgan “Sug‘diyona!“
O‘zbekiston kubogi yarim finallari o‘z yakuniga yetdi. SPORTS.uz kuchli to‘rtlikda bo‘lishni uddalagan jamoalarni har biriga alohida to‘xtalib, jamoalarning ishtiroki va hozirgi holati borasida fikr yuritadi. Xo‘sh, kim nimasi bilan muxlislarni hayron qoldirishni uddaladi?
Shonli o‘tmishni realikka aylantirgan "Navbahor"
“Navbahor” yil boshida oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi eng muhim qadamlardan birini qo‘ydi. Finalga chiqdi. Xalqaro maydon va deyarli 20 yil kutilgan sovrin uchun bir qadam qoldi. Chempionatda ham “lochinlar” oxirigacha kurash olib borishga kirishgan. Soddaroq qilib aytganda, jamoa hozir o‘zi ishtirok etayotgan barcha frontlarda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Qizig‘i shundaki, klub so‘nggi bor O‘zbekiston kubogi finalida 1998-yilda to‘p surgan. Oradan 24 yil o‘tib, “lochinlar” yana finalga yo‘l oldi. Qisqa fursat ichida klubda o‘sish bo‘lgani rost.
Hozirgi “Navbahor” avvalgilaridan keskin farq qiladi. Bu birinchi navbatda yaxshi shakllangan, tartib-intizom ustuvor bo‘lgan ahil kollektiv. Jamoa har bir o‘yinda katta kuch sarflab bo‘lsada, iroda ko‘rsatib o‘z maqsadiga yetishni uddalab kelmoqda. “Sug‘diyona” bilan to‘qnashuvda aynan xarakter katta sahnaga chiqdi. Samvel Babayan mavsum boshida olib kelgan futbolchilari atrofida qurdi jamoani. Hozircha, bu tanlov o‘zini 100 foiz oqlamoqda. Jamoasiz qolib ketgan Iskanderov yana mtj uchun da’vogar, jarohatlarga o‘ralashib yodimizdan ko‘tarilgan Boltaboyev qayta kashf etilgan kashfiyot, turli jamoalarda o‘zini “qidirgan” Asad Sobirjonov singari nomlar “lochinlar” safida karerasini qayta qurishga muvaffaq bo‘ldi.
To‘g‘risi, “Navbahor”ni O‘zbek futbolida yo‘qotgan o‘rnini egallayotganidan xursandman. Bu joriy mavsum muxlislar yodida yangi asrdagi eng intrigaga boy birinchilikni shakllanishga sabab bo‘ldi. Agar tempni tushirib yubormasa, jamoa yaqin 4-5 yil ichida bu klub bundanda qudratliroq bo‘lishga qodir.
O‘zinikini hammaga o‘tkazgan “Sug‘diyona”
Ulug‘bek Baqoyevni jamoasi ko‘p tanqid qilindi. O‘zim ham bundan mustasno emas. Shunga qaramay, yarim finalda o‘zidan ijrochilar darajasi borasida ancha kuchli “Navbahor” bilan o‘yinda 120 daqiqa (qizil kartochkaga qaramay) birorta aspektda bo‘sh kelmagan jamoaga hurmatim oshdi. Baqoyevni o‘zimizni Simeone deb bejiz atamadik. Bugungi “Sug‘diyona”da anchadan beri o‘zbek klublarida kuzatilmayotgan iroda va matonat shakllanmoqda.
Hozir tarkibda bor futbolchilarga razm solib qaralsa, birortasi terma jamoa a’zosi emas. O‘rtamiyona, ammo mehnatkash yigitlardan tashkil topgan klub 3 yil ichida o‘z o‘yin uslubini mamlakatimizdagi istalgan klubga o‘tkazishga qodir “chaqilmas yong‘oq”qa aylandi. “Uslublar futbolni yaratadi” iborasi bejizga aytilmagan. Jizzaxliklar yaxshimi-yomonmi butun O‘zbekistonni o‘zlari haqida fikr bildirishga majburlay oldi. Aslida, bu futboldagi eng katta yutuq. Kubok yarim finali bu potolok emas. Bu progressdagi va o‘z tanlagan yo‘li bor jamoa. Yaqin kelajakda Baqoyev haqida hali ko‘p va ho‘p yozishimizga shubham yo‘q.
Mard AGMK
Mirjalol Qosimov uchun eng omadsiz mavsumlardan biri. Omadsiz transferlar mavsum startida boy berilgan ochkolar superligadagi medallar uchun kurashdan erta chiqib ketishga sabab bo‘ldi. Kubok mavsumni qutqarib qolish uchun yagona umid edi. Qarshida “konchilar” chinakamiga “ajdarlar” uchun muammo tug‘dirishni uddaladi. O‘sha oqshom AGMK o‘zining hozirgi darajasidan balandroq o‘ynab yubordi, ammo finalga chiqish uchun bu kamlik qildi.
Shunga qaramay, ochiq futbol uchun olmaliqliklarga tasanno! AGMK pressingda yaxshi o‘ynaydigan raqibdan qo‘rqqani yo‘q va ilk daqiqalardan oldinga intildi. Natija muhim bo‘lishiga qaramay, Qosimov shogirdlari o‘yin kartinasini buzib qo‘ymadi. Vaqt cho‘zmadi, tempni tushirishga intilmadi. Shunchaki, futbol o‘ynadi! Hozirgi AGMK uchun O‘zbekiston kubogidagi yarim final yaxshi natija. Oldinda superligada kuchli to‘rtlikka kirish uchun imkoniyat bor. Endi, qolgan 5 o‘yinda jamoa bor e’tiborini shu bahslarga qaratishi turgan gap.
Xotirjam “Nasaf”
“Ajdarlar” ayni damda O‘zbekistondagi eng stabil jamoaga aylanib bormoqda. OCHLda guruhdan chiqdi, chempionatda peshqadam va final yo‘llanmasi. Ro‘ziqul Berdiyev mavsum boshida shogirdlari bilan uzoq yillik shartnoma imzolagani baribir naf berdi. Bugun, “ajdarlar”ning yosh a’zolari bor e’tiborini maydonga qaratgan xolda, katta maqsadlar sari intilmoqda.
Kubok bahslaridagi final esa, “Nasaf” uchun asosiy voqea sanalmaydi. Amaldagi O‘zbekiston kubogi egallari hozir asosiy e’tiborni klub tarixidagi birinchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan chempionat oltin medallariga qaratgan. Atigi 5 o‘yin yangi tarix yaratish imkoniyatini beradi. Hozir oldinda turgan o‘yinlarning qiymatini barcha yaxshi tushunib turibdi.
Shunga qaramay, kubokdagi ishtirok ikkinchi planga o‘tib qolmasligi aniq. Bu musobaqada “Nasaf” ancha tajribali va so‘nggi yillarda buni isbotlab kelmoqda. Final bu tarix yaratish uchun tashlangan eng jiddiy qadam. Endi 90 daqiqa ichidagi g‘alabagina ularni o‘sha tarixdan ajratib turibdi.
Ya. U
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin