1 462
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!
Belarus Oliy ligasi 26-turidan o‘rin egallagan "Energetik-BGU" – "Belshina" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov dastlab 39-daqiqada boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 46-daqiqada ham himoyachi, ham darvozabonni aldagan holda to‘p kiritib, chempionatdagi umumiy gollari sonini 24 taga yetkazib oldi. U to‘purarlar ro‘yxatida eng yaqin ta’qibchisi Xvashinskiy ("Minsk")dan 6 ta golga oldinda bormoqda.
Energetik-BGU – Belshina 3:1
Gollar: 0:1 – 37, avtogol Makavchik, 1:1 – 39 Abdixoliqov, 2:1 – 46 Abdixoliqov, 3:1 – 85 Grishenko.
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (Chul, 86), Silinskiy, Pliyev (Grishenko, 40), Rilach (Turich, 65), Abdixoliqov, Papariga (Omelyanchuk, 88).
Belshina – Kolyadko, Slabashevich (Sokolovskiy, 59), Troyakov, Solanovich, Denisenko, Kuxarchik (Abdulmadjid, 63), Gomza, Vashkevich (Aleksandrovich, 67; Matlax, 85), Rodionov, Isa (Velisevich, 73), Chesnokov.
Ogohlantirishlar: Pashevich (23), Grishenko (45), Svirepa (50), Chesnokov (65), Makavchik (76), Gomza (77), Aleksandrovich (84).
Shunday qilib, "Energetik-BGU" "Shaxtyor" Soligorskdan 1 ochko kam jamg‘arib, 51 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 24 oktabr kuni Mogilyovning "Dnepr" klubiga qarshi kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin