1 779
Mutaxassis Kubok finali oldidan "Nasaf"ning "Navbahor"dan ustun tomoni nimada ekanini aytdi
30 oktabr kuni hamma kutayotgan o‘yin – O‘zbekiston Kubogi finalida “Nasaf” hamda “Navbahor” o‘rtasidagi jiddiy kurashni ko‘ramiz. Buxoro stadioni mezbonlik qiladigan mazkur to‘qnashuv haqida hozir ortiqcha ta’rif berish shart emas. Buni Ro‘ziqul Berdiyev va Samvel Babayan o‘rtasidagi o‘ziga xos bahs deb atasak ham mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Jamoalar bir-birlarini yaxshi bilishadi. Shubhasiz, 30 oktabr kuni barchamizni ajoyib o‘yin kutmoqda. Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassislardan biri Jamshid Saidov final oldidan jamoalarning imkoniyati, kuchli jihatlari va yana boshqa jihatlar bo‘yicha o‘zi fikrlarini bildirdi.
- O‘zbekiston Kubogi finaliga hamma jamoalar ham yetib kela olmaydi, - deya gap boshladi, Saidov. - Bunday bahs oldidan “Nasaf” yoki “Navbahor” yutadi, deb aytib bo‘lmaydi. Ikkala jamoa ham betaraf maydonda o‘ynaydilar. Ikkala jamoa ham hozir yaxshi holatda. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rishayotgani aniq. Faqat shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, ikkala jamoa futbolchilari bor kuchini ishga solishdi. Bu final, tamom! Hammasi o‘z nomiga yarasha o‘tadi. Asabiy uchrashuv bo‘ladi. Imkoniyatlarni 50x50 baholayman. Oxirgi paytlarda o‘yinlarni oldindan taxmin qilayotgandim, ammo natijalar umuman boshqacha bo‘lyapti.
Masalan, “Navbahor” “Olimpik”ni o‘z uyida yutadi, deb o‘ylagandik. U yerda bosim bor, muxlislari bor, degan holatda shunday fikr bildirgandik. “Olimpik”ning yoshlarini qanday o‘ynashini oldindan bilib bo‘lmaydi. Ular nobarqaror. Ammo Namangandagi o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz, “Navbahor” zo‘rg‘a hisobni tenglashtirib oldi. “Paxtakor” xursand bo‘ldi. Chunki “Nasaf” bilan “Navbahor” durang o‘ynadi. Chempionlik uchun juda jiddiy kurash kechyapti. Kubok finalida boya aytganiimdek, imkoniyatlar teng. Ikkala jamoa ham kuchli. “Nasaf”dagi futbolchilar biroz yoshroq. “Navbahor”da tajribaliroq o‘yinchilar bor. Nazarimda, uchrashuv penaltilar seriyasigacha cho‘zilmaydi va hammasi 90 daqiqa ichida hal bo‘lsa kerak.
To‘g‘ri, ikkala jamoa ham chempionatda durang o‘ynab qo‘ydilar. Bu holni ularni bor e’tiborini Kubok finaliga qaratgani bilan izohlamagan bo‘lardim. G‘alaba uchun bor kuchlarini berishdi. Chempionlik uchun kurashda “Nasaf” bilan “Navbahor” bir-biriga jiddiy raqobat hosil qilishgan. Endi Kubok finalida to‘qnash kelishadi. Final oldidan faqat shuni aytishim mumkin, “Navbahor”ga nisbatan “Nasaf”ning tajribasi ko‘proq. Nega deganda, “Nasaf” Kuboklarda ko‘p o‘ynagan. OFK Kubogi, O‘zbekiston Kubogi va Superkuboklarini aytsa bo‘ladi. Ayniqsa, finallarda ko‘p o‘ynagan, kerak paytda g‘olib ham chiqqan. Shu tarafdan qaraganda, “Nasaf”ni “Navbahor”ga nisbatan tajribasi ko‘proq. Biz chetdan kuzatganimizda, ko‘proq chiroyli futbolga e’tibor qaratamiz.
“Nasaf” klubi tezkor va kombinatsiyalarga boy o‘yin namoyish qiladi. Himoyadan hujumga ham tez o‘tib ketadi. “Navbahor” esa ko‘pincha pozitsiya bo‘ylab o‘ynaydi. Ammo o‘ylaymanki, finalda ikki jamoa ham qarshi hujumda o‘ynamaydi. Klublar hujumkor o‘yin ko‘rsatadilar. Bu Kubok finali bo‘lgani uchun ikkala murabbiylar maksimal darajada tavakkalchilikka qo‘l uradilar. Ro‘ziqul Berdiyevni yaxshi bilamiz, u hech qachon qarshi hujumda o‘ynamaydi. Aksincha, “Navbahor”ni qarshi hujumlarda o‘ynagan paytlari bo‘lgan. Yana bir tomoni borki, “Nasaf” jismoniy tomondan “Navbahor”dan kuchliroq.
“Nasaf”ni ham, “Navbahor”ni ham tarkibini yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, finalda jamoalar tarkiblarida katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Asosiy tarkibdagi o‘yinchilardan foydalanishadi. Barchasi maksimal darajada harakat qiladi. 11 nafar futbolchining hammasi bor kuchini ishga solishlari aniq. Yaxshi o‘yin bo‘lishi kerak. Buxorodagi stadion va uning chimi ajoyib holatda. Albatta, jamoalarning tiklanishi uchun vaqt kam. Ammo bitta o‘yin uchun klublar kerakli reja asosida tiklanishyapti, deb o‘ylayman, - deydi Jamshid Saidov.
Nasaf1, Navbahor1, O‘zbekiston Kubogi1, Final1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”